Alyaska tizmasi — Alyaska janubidagi togʻ tizmasi. Uzunligi 1000 km, eng baland choʻqqisi Mak-Kinli (6193 m). Oʻq qismi granitlardan, chekkalari choʻkindi jin-slardan tashkil topgan. Yon bagʻirlari tik, qoyali, kuchli parchalangan. Alyaska tizmasi Tinch okeandan keladigan nam shamollarni tu-tib qoladi. Janubiy yon bagʻirlari namgarchil, 800 m balandlikkacha qora qaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorisi qor va muzlar bilan qoplangan. Shimoliy yon bagʻirlari qurgʻoqchil, 1000- 1100 m gacha oʻrmon, undan balandda togʻ tundralari bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil