Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun hujjatlarini kuzatish, o‘rganish, baholash va istiqbolni belgilash instituti. 1996-yil 3-dekabrda Toshkentda tashkil etilgan. U jahonda birinchi parlament institutidir. A.q.h.m.i. qonun hujjatlarini tahlil etib, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga muvofiqlashtiradi, qonunchilik ishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar beradi, qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi. Tarkibi 5 bo‘lim (shu jumladan, tahririyat-noshirlik bo‘limi) va kotibiyatdan iborat. A.q.h.m.i. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo‘mitalari va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy tadqiqotlar, maslahat va o‘quv markazlari, olimlar va mutaxassislar bilan ilmiy va amaliy aloqalar o‘rnatgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil