Ambulatoriya (lotincha: ambulatorius — yurib bajariladigan) — qatnab davo-lanadigan kichik tibbiy muassasa. A.lar koʻproq qishloq joylarida tashkil eti-ladi. Unda asosiy kasalliklar (ichki, jarroxlik, ayollar kasalliklari) muta-xassislari ishlaydi. Shu bilan A. poli-396klinikadan farq qiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, Turkistonda A. ga oʻxshash shi-foxonalar qadim zamonlarda ham boʻlgan. 17-asrda Buxorodagi mashhur „Buq’ai dor ushshifo“ kasalxonasi qoshida qatnab davolanadigan bemorlar uchun maxsus boʻlim tashkil qilingan. Oʻzbekistonda birinchi A. 1878-yilda Toshkentda ochil-gan. Hozirgi Alar zamonaviy diagnostika, davolash va profilaktika vositalari bilan jihozlangan.

Ambulatoriya

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil