Amilazalar — uglerodning 1- va 4-atomlari oʻrtasidagi glyukozid bogʻlarini parchalash yoʻli bilan kraxmal, glikogen va ularga yaqin polisaharidlar gidrolizini tezlashtiruvchi fermentlar. Uchta xili bor: a-amilaza hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlarda uchraydi; u ish-tirok etadigan reaksiyalarda asosan dekstrinlar hosil boʻladi. (3-amilaza yuksak oʻsimliklarga xos boʻlib, maltoza va yirik molekulali dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashtiradi. Glyukoamila-za hayvonlar koni, mogʻor zamburugʻlari, bakteriyalar va boshqalarda boʻlib, glyukoza va dekstrinlar hosil boʻlishini tezlashti-radi. Odatda polisaharidlar gidrolizida turli Amilazalar baravariga qatnashadi. Unib chiqqan arpa urugʻlari ekstrakti taʼsi-rida kraxmalning shakarlanishi (Amilazalarning fermentativ taʼsiri)ni rus akademigi K. S. Kirxgof birinchi marta tasvir et-gan (1814). Amilazalarning fiziologik ahamiyati shuki, u hujayralardagi polisaharidlar zaxirasini safarbar qiladi (mas, urugʻ unayotganda). Ovkat hazm qilishda ham Amilazalarning ahamiyati katta; hayvonlar hamda odamning soʻlagida va meʼda osti bez-ining shirasida Amilazalar bor. Mikroorganizmlar kraxmalni isteʼmol kila turib, Amilazalar chiqaradi. Mogʻor zamburugʻlari bilan bakteriyalardan olinadigan a- amilaza spirt sanoatida va non yopishda, glyuko-amilaza esa kraxmaldan glyukoza i.ch-.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil