Aminjon Soliyevich Akobirov (1930.22.2, Buxoro) — aktyor va rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Buxoro teatrida aktyor (1945-57), rejissyor (1957-60), bosh rejissyor (1960-64), direktor va rejissyor (1964-73 va 1975-yildan), Samarqand opera va balet teatrida direktor (1973-75). A. maʼ-naviy-falsafiy ruhdagi obrazlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan: Qambarali („Oltin koʻl“), Sulaymon („Arshin mol olon“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Kochkaryov („Uylanish“) va boshqa Rejissyor sifatida „Ravshan va Zulxumor“ (K. Yashin), „Guli Siyoh“ (S. Jamol), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla), „Mening Buxo-rom“ (K. Yashin), „Vatan ishqi“, (Z. Fatxullin, Sh. Saʼdulla) kabi asarlarni sahnalashtirdi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil