Ammoniy nitrat, ammiakli selitra — rangsiz, kristall modda, gigroskopik. Zichligi 820 kg/m³. Suyuklanish temperaturasi 169,6 °C, suvda yaxshi eriydi, bunda issiqlik yutiladi (1 g tuz 1 g suvda eriganda temperatura 15dan −10 °C gacha pasayadi). Ammoniy nitrat suyultirilgan nitrat kislotaga ammiak taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. MDH mamlakatlarida A, B va V markalari ishlab chiqariladi. A, B markasi sanoatda portlovchi moddalar (ammonitlar) tay-yorlashda ishlatiladi. Ammoniy nitratning V markasi koʻproq tarqalgan, hosildorlikka kuchli taʼsir etuvchi oʻgʻit tarkibida 34% sof azot bor. Ekinlarni ekishdan oldin va oʻsish davrida yerga asosiy oʻgʻit sifatida solinadi, ayniqsa gʻoʻza par-varishida koʻp ishlatiladi. Ammoniy nitrat yuqori gigroskopik xususiyatga ega boʻlganligi sababli saqdash paytida nam tortib qotib qoladi. Shuning uchun u nam oʻtkaz-maydigan qoplarda quruq bi-nolarda saqlanishi kerak. Ammoniy nitratning nam yutishi va qotishini kamaytirish uchun unga turli xil moddalar qoʻshib, dona-dor holda ishlab chiqariladi. Bu holdagi Ammoniy nitrat yaxshi saqlanadi. Ammoniy nitrat oʻgʻiti Chirchiq, Fargʻona, Navoiy kimyo kombinatlarida ishlab chiqariladi (qarang Azotli oʻgʻitlar).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil