Amneziya (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mneme — xotira, es) — xotiraning buzilishi; boʻlib oʻtgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlani-shi, tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va boshqa sa-bab boʻladi; A.ning quyidagi turlari farq qilinadi: anterograd A.- odamning ruhiy kasallikka uchragandan keyingi hodisalarni esda saqlay ol-masligi; avjlanuvchi A.- xotirada hech narsa krlmasligi; retrograd A.- odamning kasal boʻlishidan ilgarigi oʻtgan hodisalarni unutishi; fiksatsion A.- ayni vaqtdagi, shuningdek yaqin kunlarda boʻlib oʻtgan hodisalarni xotirada saqpay olmaslik va hokazo.[1]

Hozirgi kunda Amneziyani zamonaviy koʻrinishi boʻlmish „Raqamli amneziya“ (yana bir nomi GOOGLE effekti) ham mavjud. Ushbu A quyidagicha tavsiflanadi.

Kutubxona yoki inson xotirasida saqlangan hamma narsa endi qoʻlimizdagi gadjet, smartfonda mavjud. Biz GOOGLEdan maʼlumot qidirib topamiz uni idrok qilamiz, lekin aqlimiz diqqatni jamlab va uni eslab qolish shart emas deb oʻylaydi, chunki bu maʼlumot har doim Googleda bor. Aynan shu narsani psixologiyada raqamli amneziya yoki GOOGLE effekti deyiladi.Psixodiagnostika kanalidan olindi

Manbalar tahrir

  1. "Amneziya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Psixodiagnostika