Ampelografiya, tokshunoslik (yun. ampelos — uzum va grafiya) — tok turlari va navlarini oʻrganadigan fan. „A.“ terminini birinchi marta polyak ta-biatshunosi F. Ya. Saks (1661) qoʻllagan. A.ning ilmiy asoslarini ispan olimi S. Klemente tavsiflab bergan (1806). A. umumiy va xususiy A.ga boʻlinadi. Umumiy A. tok navlari sistematikasi, tasnifi, kelib chiqishi va tarqalishi, shuningdek tadqiqotlar hamda qiyosiy A. usullarini oʻrganadi. Xususiy A. tok navining botanik taʼrifi, ularning agrobiologik va xoʻjalik nuqtai nazaridan texnologik taʼrifi hamda navlarni rayonlashtirish masalalari bilan shugʻullanadi. Tok navlarini tavsif-lashda Xalqaro ampelografiya komis-siyasi taʼsis etgan (Vena, 1873) yagona tizim qabul qilingan. A. tadqiqotlari ampelografik kolleksiyalarda, dav-lat nav sinash uchastkalari va uzumchilik xoʻjaliklarida, yovvoyi toklar boʻyicha esa ular oʻsadigan hududlarda oʻtkaziladi. Tadqiqotlar natijalari davriy nashr etiladigan kataloglar va „Ampelografiya“ ilmiy toʻplamlarida eʼlon qilinadi. Tok mevasi — uzumni baholashda qand miqdori, kimyoviy tar-kibi, yetilish davri, qaysi maqsadda foy-dalanish tomonlari hisobga olinadi. A. tadqiqotlari materiallari alohida kitob holida nashr etiladi, davriy nashrlarda yoritib boriladi, shuningdek Parijdagi Xalqaro uzumchilik va vinochilik byurosi nashr etadigan Xalqaro tok navlari registri (roʻyxati)da eʼlon qilinadi. A.ni rivojlantirishda ampe-lograf olimlardan M. A. Lazarevskiy, A. M. Negrul, P. X. Kiskin, Ye. A. Pa-nasevich, Ye. B. Ivanov, M. M. Mirzayev va boshqalarning hissasi katta. A. tok genofondini oʻrganish va uzumchilik boʻyicha maʼlumotlar bankini yara-tishda katta ahamiyatga ega. A. asosida tokzorlardan yuqori hosil olishning ilmiy jihatdan asoslangan texnologiya tadbirlari ishlab chiqiladi, har bir vi-441loyat tuproq-iqlim sharoitiga qarab tok navlari tanlanadi va tavsiya qilinadi. Mas, Samarqand viloyati, asosan, mayiz-bop uzum yetishtirishga ixtisoslashgan. Oʻzbekistonda tokning 100dan ortiq mahalliy va chetdan keltirilgan navlari oʻstirilmoqda. Keyingi 25-30 yil ichida seleksioner olimlar tanlash va cha-tishtirish yoʻli bilan bir qancha yangi tok navlarini yaratdilar (Rizamat, Soyaki, Oʻzbekiston muskati va boshqalar).Mahmud Mirzayev, Rixsivoy Joʻrayev.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil