Ampir (frans. empire — impe-riya) — meʼmorlik va bezak sanʼatida 19-asr boshlarida vujudga kelgan hamda klassitsizm rivojini nihoyasiga yetkaz-gan uslub. Shakllarning mahobatligiga, be-zaklarning jozibadorligiga (nishon, naqshlarda) erishildi. Qad. Rim, Yuno-niston va Misr badiiy merosiga tayangan holda, yangi mavzular bilan rivojlanti-rishda davlat va harbiylar qudratining ramzi boʻlib xizmat qildi. A. uslubi birinchi marta Fransiyaning Napoleon I imperiyasi davrida shakllandi (mas, Pa-rijda hozirgi de Goll maydonidagi Zafar toqi, 1806-37; meʼmori J. F. Shal-gren). Unda Napoleon harbiy diktatu-rasiga suyangan burjua doiralarining gʻoyalari va estetik qarashlari ifoda et-tirilgan. Oʻzbekistonda S. Polupanov, A. Si-dorov, V. Arxangelskiy, A. Shchusev, M. Bulatov, A. Boboxonov kabi meʼmorlar ijodida (mas, Toshkent shahridagi Navoiy teatri, 1940 va boshqalar) A. uslubi oʻz ifoda-sini topgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil