Andoza:Rossiya imperiyasi uyezdi

Amudaryo boʻlimi — Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik (1873-1917). Rus podsho hukumati Xiva xonligini boʻysundirgach (1873), Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida yashovchi qoraqalpoqlar xonlik tarkibida qoldi, oʻng qirgʻogʻidagilar esa rus davlatiga tobe qilindi. Bu joyda 1873-yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo okrugi, 1874y.danA.b. tashkil etiddi. 1886-yil ga kelib, Amudaryo boʻlimi Sirdaryo viloyatiga kiritildi. Boʻlim hududida 95 ming qoraqalpoq, 55 ming oʻzbek, 40 ming qozoq va 16 ming turkman istiqomat qilgan. Amudaryo boʻlimi Shoʻroxon va Chimboy degan ikki qismdan iborat boʻlib, Biybozor, Toʻrtkoʻl, Tomdi, Shayx Abbos Vali, Mingbuloq, Soriboy, Chimboy, Nukus, Davqaron, Ishim, Naupir, Koʻkkoʻl, Qoʻngʻirot, Toldi va Kegayli (boʻlis)larni oʻz ichiga olgan.[1]

Amudaryo boʻlimi — Sirdaryo boʻlimi tarkibidagi maʼmuriy birlik. Markazi — Petro-Aleksandrovsk shahri.

Maʼmuriy boʻlinishi tahrir

]</ref>. -->

Tarixi tahrir

Amudaryo boʻlimi 1873-yilda Xiva xonligidan Rossiyaga oʻtgan yerlarda tashkil etildi. 1887-yilda Sirdaryo biloyati tarkibiga kiritildi.

1920-yil oktabrida Turkiston ASSRning Amudaryo viloyatiga aylantirildi.

Aholisi tahrir

1897-yildagi sanoq boʻyicha boʻlimda 194,5 ming kishi istiqomat qilgan. Shu jumladan qoraqalpoqlar — 47,9 %; qozoqlar — 24,2 %; oʻzbeklar — 17,7 %; boshqa turklar — 7,1 %; ruslar — 1,6 %. Petro-Aleksandrovsk shahrida 3 111 kishi istiqomat qilgan[2]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Perepis 1897 g.