Anadir yassitogʻligi — Rossiya Federatsiyasining shimoli-sharqidagi yassitogʻlik. Ma-gadan viloyati Chukotka muxtor okrugida. Anadir daryosining yuqori oqimi va uning irmogʻi Yurumkuveem havzasida. Uzunligi 400 km ga yaqin, eni 130 km (Qutb do-irasida). Mutlaqbal. 800-1100 m, janubi-sharqida Shchuchiy va Osinovskiy (1221 m gacha) tizmalari eng baland tizmalar-dir. Yuzasi tekis. Gilli slanes, qumtosh, ohaktosh, bazalt, andezit va datsitlardan tarkib topgan. Koʻp qismi togʻ tundrasi va buta tundrasi bilan qoplangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil