Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk – 1968. 27.4, Toshkent) – seleksiyachi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), professor (1955), Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika instituti tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasi filiali mudiri (Bayramali shahri, 1925—1930). Butunittifoq paxtachilik institutining Markaziy seleksiya stansiyasida sektor mudiri (1930—1955), Toshkent Qishloq xoʻjaligi instituti paxtachilik kafedrasi mudiri (1946—1968). Avtonomov 35-1, 35-2 ingichka tolali gʻoʻza navlari, Si-Aylend tipidagi navlar muallifi, yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan[1].

Anatoliy Avtonomov
Tavalludi 24-fevral 1898-yil
Ivanovo
Vafoti 27-aprel 1968-yil(1968-04-27)
(70 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi Biologiya
Ish joylari Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi instituti
Taʼlimi Ivanovo politexnika instituti
Mashhur ishlari SSSRda paxtachilik fanining asoschisi
Mukofotlari

Hayoti tahrir

Anatoliy Avtonomov Ivanovodagi Bolshaya Ivanovo manufakturasi direktori oilasida tugʻilgan. Ivanovo-Voznesensk politexnika institutining qishloq xoʻjaligi fakultetini bitirgan[2]. 1924-yildan Toshkentdagi Turkiston naslchilik stansiyasida ishlagan. 1926—1933-yillarda Turkmaniston SSR Bayramali naslchilik stansiyasini boshqargan. 1933—1955-yillarda Paxta seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan[2].

1951—1958-yillarda – Toshkent qishloq xoʻjalik instituti prorektori, 1950-yildan – kafedra mudiri[2].

1968-yil 27-aprelda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan[2].

Oilasi tahrir

  • Katta oʻgʻli Aleksandr Anatolyevich Avtonomov (21.08.1926 – 1976) – fan doktori, professor, paxta seleksioneri.
  • Ikkinchi oʻgʻli, Anatoliy Anatolyevich Avtonomov, 1938-yilda tugʻilgan – qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dotsenti, 2001-yilda vafot etgan.
  • Uchinchi oʻgʻli Vadim Anatolyevich Avtonomov, 1942-yilda tugʻilgan – qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. Paxtaning S – 6524, Namangan – 77 i 88, Surxon – 9 navlarini yaratgan. 2000-yilda vafot etgan.
  • Nevaralari Viktor Aleksandrovich Avtonomov – professor, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori.
    • Vadim Anatolyevich Avtonomov – dotsent, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi[3].

Ilmiy faoliyati tahrir

Avtonomov gʻoʻzasining tolasining uzunligi 47—50 mm boʻlgan Si-Aylend tipidagi paxta navini yaratgan[2]. Bu nav paxtaning Misr navi asosida yaratilgan boʻlib, aslidan koʻra ertapisharroq va unumdorroq. Yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fuzarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan

U genetiklar, seleksiyachilar va urugʻchilarning dastlabki yirik ilmiy maktablaridan birini yaratdi. Uning rahbarligida 47 nafar fan nomzodi va doktori oʻz faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi. Ular orasida akademik S. X. Yoʻldoshev, S. S. Sodiqov, D. A. Musayev kabi jahonga mashhur olimlar bor.

Ixtirochi sifatida oʻzi yetishtirgan va ishlab chiqarishga joriy etgan ingichka tolali paxta navlariga yettita mualliflik guvohnomasi boʻlgan[4].

Jamoat arbobi sifatida OʻzSSR Oliy Soveti 2-chaqiriq deputati etib saylangan.

Mukofotlari tahrir

  • Ilm-fan boʻyicha II darajali Stalin mukofoti – Misr paxtasining yuqori hosilli va ertapishar navlarini ishlab chiqqanligi uchun (1943-yil);
  • Lenin ordeni – ikki marta (1956 va 1959);
  • Mehnat Qizil Bayroq ordeni – ikki marta;
  • Qizil Yulduz ordeni;
  • SSSR medallari;
  • Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Asarlari tahrir

  • Seleksiya tonkovoloknistix sortov xlopchatnika v Oʻzbekistane, T., 1973.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Автономов Анатолий Иванович“ (ru). tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  4. „ВАВИЛОВСКИЕ ЧТЕНИЯ – 2017“ (PDF). Сборник статей Международной научно-практической конференции, посвященной 130-й годовщине со дня рождения академика Н.И. Вавилова (ruscha). 12-bet. Qaraldi: 30–noyabr 2023–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()