Andaman dengizi (hindcha: अंडमान सागर, bir.: မုတ္တမ, taycha: ทะเลอันดามัน, malaycha: Laut Andaman, indonezcha: Laut Andaman) — Hind okeanining shimoli-sharqiy qismida, Hindixitoy yarim orol sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar orollari ajratib turadi. Maydoni 600 ming km²dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yoʻnalishi musson sha-mollariga qarab oʻzgarib turadi. Suv yuzasidagi temperatura may oyida 29°, fevralda 26 — 28°. Shoʻrligi shimolida 20‰ dan, janubida 33‰ gacha. Bir yilda 3000 mmdan ortiq yogʻin yogʻadi. Eng yirik portlari — Yangon (Myanma), Jorjtaun (Malayziya).

Andaman dengizi
Koordinatalari 10°N 96°E / 10°N 96°E / 10; 96 G OKoordinatalari: 10°N 96°E / 10°N 96°E / 10; 96 G O
Yuzasi 797 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 1 096 m
Eng katta chuqurligi 4 198 m
Suv hajmi 660 000 km3

Galereya tahrir

 

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil