Andezit (And togʻlari nomidan) — effuziv oʻrta tof jinsi. Asosan pla-gioklaz, avgit va boshqa minerallardan hamda vulkan shishasidan tarkib topgan. Por-fir va afir strukturali. Qad. va hozirgi vulkanlardan oqib chiqqan lavali jin-slarning asosiy qismini bazalt bilan A. tashkil qiladi. Kislotabardosh materi-al, qurilishda ishlatiladigan tosh. Kam-chatka, Kavkaz, Zakarpate, Azov boʻyida hamda Oʻzbekistonda (Chatqol, Qurama, Qorjontov, Sulton Uvays togʻlarida) uch-raydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil