Andromeda — yunon miflarida Habashiston podshosi qizi. Otasi A.ni mamlakatni vayron qilayotgan dengiz maxluqiga qurbonlikka beradi, biroq A. ni Persey xalos etadi. Rivoyatlarga koʻra, A. vafotidan soʻng yulduz turkumiga aylangan (yulduz turkumi nomi shundan olingan).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil