Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg) — Germaniya sobiq davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leipzig universitetini tugatgan bundan tashqari o'nlab universitetlar darajasiga ega. Xususuan, 2019-yil dunyoning eng nufuzli universitetlaridan bo'lgan Garvard Universiteti doktorlik darajasiga ega bo'ldi va Universitetda nutq so'zladi. 1978-yildan Germaniya Demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990-yil Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990-yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991-yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994-yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998-yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000-yil apreldan raisi, 2002-yil sentyabrdan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2015-yilda esa "Time" jurnali tomonidan "Yil Odami[1]" deb e'tirof etiilgan va shuningdek ko'p marotaba "Forbes" tomonidan dunyoning "Eng nufuzli ayollari ro'yxati[2]"da eng yuqori o'rinlarni egallagan. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri[3]. 2021-yilda Angela Merkel iste'oga chiqdi va uning nafaqa puli 15 000 yevro boʻlishi aytildi[4].

Angela Merkel
 Germaniya kansleri
Mansab davri
2005-yil 22-noyabr – 2021-yil 8-dekabr
Prezident Horst Köhler
Christian Wulff
Joachim Gauck
Frank-Walter Steinmeier
Oʻtmishdoshi Gerhard Schröder
Vorisi Olaf Scholz
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-iyul 1954-yil (1954-07-17) (69 yosh)
Gamburg
Mukofotlari Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni
Avstriya oldidagi xizmatlari uchun ordeni
Avstriya oldidagi xizmatlari uchun ordeni
Qirol Abdulaziz ordeniUch yulduz ordeni

Manbalar tahrir

  1. „"Yil Odami" 2015“.
  2. „The most powerful women“.
  3. „Biography“. Bundeskanzlerin.de. German Federal Press and Information Office. 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2015-12-21 sanasida arxivlangan) (ingl.)
  4. „Меркель истеъфога чиққандан кейин қанча пенсия олиши маълум бўлди“. Bugun.uz. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-avgust.