Angidrid (yun. an — inkor qoʻshimchasi va hydor — suv) — biror elementning kislorod bilan birikmasi. Metallmaslarning va baʼzi metallarning yuqori oksidlari A.dir. A. ikki usulda: 1) oddiy moddaning kislorod bilan birikishidan; 2) kislotani qizdirib, suvsizlantirishdan hosil boʻladi. Anor-ganik kislotalarning A.lari kabi orga-nik kislotalarning A.lari ham maʼlum. Mas, sirka A. (SN3SO)2O, benzoy A. (S6N5SO)2O va boshqa kimyo sanoatida atsil-lovchi vosita sifatida karbon kislota qoldigʻi RCO ni birikmalarga kiritish uchun qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.