Angidrit — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaSO4. Rombik singoniyali. Qattiqligi 3,5-3,8. S. ogʻ. 2,9-3,0. Moʻrt. Rang-siz yoki oq, baʼzan och havo rang, kulrang, qizgʻish, koʻk. Shishasimon yaltiroq. A. choʻkindi jinslar orasida, ayniqsa do-lomitlashgan ohaktoshlar ichida koʻp uchraydi. Tabiatda A. zich massa yoki qatlam-qatlam holda uchraydi; baʼzan gidrotermal yertomirlarda ham boʻladi. Zangori mayda donali A. vulpinit yoki bergam marmari deb ataladi. A. bogʻlovchi modda. Oʻgʻit, sement, bezak buyumlar tay-yorlashda ishlatiladi. A. namlikni shi-mib yana osongina gipega aylanishi va oʻz hajmini 30% gacha kattalashtirishi mum-kin. A. konlari Rossiya, Ukraina (Don-bass, Karpatol-di) va boshqa joylarda bor. A.ning katta zaxiralari Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyatida va Olmaliq atroflarida topilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.