Angkor — Kambodja (Siyom Reap shahri yaqini)dagi hashamatli saroy, ibodat-xona, suv ombori va kanallardan iborat majmua. 9-13-asrlarda qurilgan (hozir tarixiy muzey — qoʻriqxona). Kambod-ja poytaxtidagi qadimgi shahar harobasini oʻz ichiga olgan -Yashodharapuri (9-asr oxiri) va Angkor Txom (12-asr oxiri — 1432; murabba tarhli, maydoni 9 km². Markazida Bayon ibodatxonasi), asosi toshdan, yuqorisi yogʻochdan ishlangan sa-roylar, „gʻor ibodatxonalar“ pogʻonali piramida koʻrinishida, shuningdek yi-rik Angkor Vat (taxminan 1113 — 50; maydoni 1300x1500 m) haykaltaroshlik bezaklariga boy. Bezaklardagi burtma tasvirlarda „Mahabharata“ mazmunlari katta urin egallaydi, geometrik jihatdan mustahkam reja asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. „Fop — ibodatxona“ atrofi ravokuti ustunlar qatori va dar-vozaxonasi koʻshkli, burchaklari minora — burjli. Majmua tashqaridan kanal bilan oʻralgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil