Angliya milliy futbol terma jamoasi
Angliya milliy futbol terma jamoasi futbol sport turi musobaqalarida Angliya davlati shaʼnini himoya qiladi, Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi. Angliya terma jamoasi dunyoning eng yoshi katta 2 terma jamoaning biridir (Shotlandiya bilan birga). 1872-yili Shotlandiya va Angliya terma jamoalari dunyoning, futbol boʻyicha ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Angliya Birlashgan Qirolllik tarkibidagi bir davlat, FIFA tomonidan Angliya terma jamoasi alohida millat jamoasi sifatida tan olgan.[2] Angliya terma jamoasining uy stadioni Wembley oʻyingohi hisoblanadi. Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt
Tahallusi | The Three Lions | ||
---|---|---|---|
Assotsiatsiya |
The Football Association (The FA) | ||
Konfederatsiya | UEFA (Europe) | ||
Bosh murabbiy | Gareth Southgate | ||
Sardor | Harry Kane | ||
Eng koʻp oʻynagan futbolchi | Peter Shilton (125) | ||
Eng yaxshi toʻpurar | Harry Kane (58) | ||
Uy stadioni | Wembley Stadium | ||
FIFA kodi | ENG | ||
| |||
FIFA Reytingi | |||
Hozirgi | 4 ▬ (20 July 2023)[1] | ||
Eng yuqori | 3 (August–September 2012, September–October 2021[1]) | ||
Eng past | 27 (February 1996[1]) | ||
Birinchi xalqaro oʻyin | |||
Shotlandiya 0–0 Angliya (Partick, Scotland; 30 November 1872) (The first ever international football match) | |||
Eng yirik gʻalaba | |||
Ireland 0–13 Angliya (Belfast, Ireland; 18 February 1882) | |||
Eng yirik magʻlubiyat | |||
Vengriya 7–1 Angliya (Budapest, Hungary; 23 May 1954) | |||
Jahon chempionati | |||
Ishtiroki | 16 (Ilk marta 1950-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Champions (1966) | ||
European Championship | |||
Ishtiroki | 10 (Ilk marta 1968-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Runners-up (2020) | ||
Nations League Finals | |||
Ishtiroki | 1 (Ilk marta 2019-yili) | ||
Eng yaxshi natijasi | Third place (2019) | ||
Vebsayt | englandfootball.com |
Angliya ikki yilda ketma-ket boʻladigan FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati musobaqalrida ishtirok etadi. Angliya 1966-yili jahon chempioni boʻlgan, ushbu musobaqada Angliya mezbon jamoa edi, finalda Gʻarbiy Olmoniya bilan roʻbaroʻ kelishgan va qoʻshimcha vaqtda 4-2 hisobida gʻalaba qozongan. Undan keyingi ularning eng yaxshi natijasi 1990-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib kelgan yutugʻidir. Angliya terma jamoasi hozirgacha UEFA Yevropa chempionatida umuman gʻolib boʻlmagan, bu musobaqada eng yaxshi koʻrsatgichi, 1968 va 1996-yilgi Yevropa chempionatlarining yarim finaligacha yetib kelishgan. 2020-yilgi Yevropa chempionatida esa Finalgacha yetib borib, yakunda Italiya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qoʻygan.
Manbalar tahrir
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
- ↑ „GB football team gets Fifa assent“. BBC (20-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 11-iyun 2010.
Havolalar tahrir
Vikiomborda Angliya milliy futbol terma jamoasi haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- England at FIFA
- England at UEFA
- A complete database of England International since 1872 by England Stats