Annallar (lotincha: — yillik) — eng muhim voqealar yozib boriladigan yil-noma. Qad. Rimda bosh pontifik (kohin) buyrugʻiga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qoʻyilar edi. A. bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan maʼlum. „Annallar“ degan nom keyinchalik oʻrta asrlar solnomasiga oʻtgan. A. juda qadimgi zamonlardan boshlab (miloddan avvalgi taxminan 5-asr) yozib borilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil