Anne Jacqueline Hathaway (talaffuzi: Enn Jaklin Heteuey; 1982-yil 12-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. Oscar, BAFTA, Oltin globus va Primetime Emmy mukofotlari sovrindori. Uning ishtirokidagi filmlar umumjahon boʻylab prokatlarda $6,8 milliard ishlab topgan.

Anne Hathaway

Hathaway Berlin xalqaro kinofestivalida (2023)
Tavalludi
Anne Jacqueline Hathaway

12-noyabr 1982-yil (1982-11-12) (41 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1999  – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Adam Shulman (turm. 2012)
Bolalari 2

Hathaway Nyu-York shahrining Bruklin borosida tavallud topgan. Bolaligi New Jersey shtatining Millburn shahrida oʻtgan. Birinchi marta Get Real (1999–2000) teleserialida rol ijro etgan. Disney studiyasi ishlagan The Princess Diaries (2001) filmidagi roli ortidan olamshumul shuhrat qozongan. Rachel Getting Married (2008) filmidagi roli ortidan esa ilk marotaba „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarga nomzod etib koʻrstilgan[1].

Filmgorafiyasi tahrir

Manbalar tahrir

  1. „The 81st Academy Awards“. Academy of Motion Picture Arts and Sciences. 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-yanvar 2018-yil.

Havolalar tahrir