Anor, anorgul — anor koʻrinishidagi islimiy naqsh turi; kulollik, naqqoshlik, kashtachilikda keng qoʻllaniladi. A. tasviri qadimdan toʻqchilik va toʻkin-sochinlikni ifodalagan. A. gohida aynan oʻzi, gohida uslublashtirib ifodalanadi. Baʼzan uning kesimi va ichidagi donalari ham tasvirlanadi. Bunda idishning shakliga mos tushgan yorqin boʻyoqli naqsh nafis koʻrinadi, nur taʼsirida sir tovlanib, 535 jonli manzara hosil boʻladi. Har bir bezakning shakli va qayerda ishlatili-shi ustalarning noziq didiga bogʻliq. A. tasviri xalq amaliy sanʼatining boshqa turlarida ham qoʻllaniladi. Jum-ladan A. naqsh sifatida oʻzbek milliy toʻqimachiligida 19-asrning 2-yarmida keng tarqaldi. Masalan, dasturxon va shu kabu buyumlar guli anorsimon gul shaklida boʻyalgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil