Antib — Fransiya janubidagi shahar va port, iqlim kurorti. Dengiz boʻyi Alp togʻlari etagida, Moviy qirgʻoqda, Kann shahridan sharqda. Aholisi 63 ming kishi (1990). Turizm markazi. Gulchilik va ba-diiy kulolchilik bilan shugʻullaniladi. Sobiq Grimaldi saroyida P. Pikasso muzeyi, Antib boʻrnida botanika bogʻi va Napoleon muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi 4-asrda yunonlarning Antipolis koloniyasi sifatida asos solingan.

Fayl:Antibes – Promenade Amiral de Grasse.jpg
Antib

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil