Antonio Adan Garrido (ispancha: Antonio Adán Garrido; 13 may 1987, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Real Madrid darvozaboni.

Antonio Adan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Antonio Adán Garrido
Tavallud sanasi 13-may 1987-yil (1987-05-13) (36 yosh)
Tavallud joyi MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 190 sm
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Antonio Adán Real Madrid
Raqami 13
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997–2004 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004–2006
2006 - 2010
2010 - hz.
Real Madrid C
Real Madrid C
Real Madrid
(51 (0)
84 (-111)
10 (-6))
Milliy terma jamoa
2002
2002-2005
2006
2007
2007
Ispaniya U-16
Ispaniya U-17
Ispaniya U-19
Ispaniya U-20
Ispaniya U-21
(5 (0)
19 (0)
8 (0)
6 (0)
2 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati tahrir

„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish [1] Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.

2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.

Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldi[2]. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.

2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).

Xalqaro faoliyati tahrir

Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladi[3].

Manbalar tahrir