Alimov Anvar Valiyevich — oʻzbek shifokori va davlat arbobi. 2016—2020-yillarda Endokrinologiya instituti direktori[1], 2012—2016-yillarda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri.

Anvar Alimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2012-yil 9-avgust – 2016-yil 13-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev (v.b.)
Oʻtmishdoshi Adham Ikromov
Vorisi Adham Ikromov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-iyun 1955-yil (1955-06-19) (68 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

1955-yil 19-iyunda Toshkеnt shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan.

1978-yilda Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti pediatriya fakultetini bitirgan.

1978—1980 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi klinik ordinatori.

1980—1982 — Oʻrta Osiyo meditsina pеdiatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anеstеziologiya va rеanimatologiya kursi katta laboranti.

1982—1987 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi assistenti.

1987—1993 — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti assistenti, dotsenti, oʻquv-uslubiy markazining boshligʻi, pediatriya fakulteti dekani.

1993—1994 — Sogʻliqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi.

1994—1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining konsultanti, yetakchi konsultanti.

1999—2009 — Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori.

2009—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

2012—2016 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[2].

20162020 — Endokrinologiya instituti direktori.

2020-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi[3].

Manbalar tahrir