Anvar Joʻraboyev (oʻzbekcha: Анвар Жўрабоев , ruscha: Анвар Джурабаев 1948-yil 22-may — 2010-yil 16-sentyabr) — oʻzbek jurnalisti, tarixchisi va siyosatchisi. Mustaqil Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratishda ishtirok etgan. U Oʻzbekiston „Adolat“ siyosiy partiyasi tashkilotchilaridan biri va rahbari boʻlib ishlagan, koʻplab gazetalarda bosh muharrir boʻlgan.

Anvar Jo'raboyev
Tavalludi 22-may 1948-yil
Vafoti 16-sentyabr 2010-yil(2010-09-16)
(62 yoshda)
Toshkent, O'zbekiston
Kasbi Jurnalist, tarixchi va siyisatchi
Turmush oʻrtogʻi
Umida Tursunova (turm. 1973)
Bolalari 3

Shaxsiy hayoti tahrir

Anvar Joʻraboyev 1948-yil 22-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Bolaligidan jurnalistikaga qiziqqan. 1971-yilda Moskva davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 1973-yilda universitetdagi kursdoshi Umida Tursunova bilan oila qurgan va uch nafar farzandli boʻlishgan[1].

Jurnalistikadagi karyera tahrir

Joʻraboyev 1971-yilda Samarqand viloyati „Zarafshon“ gazetasida muharrir, keyin muxbir, 1974-yilgacha axborot boʻlimi mudiri boʻlgan. 1974 va 1975-yillarda Leningrad viloyati (hozirgi Sankt-Peterburg) „Na straje rodiny“ gazetasining muxbiri boʻlgan. 1981-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi „Sovet Oʻzbekiston sanʼati“ (hozirgi „Guliston“) milliy jurnalida masʼul kotib[2] boʻlib faoliyat yuritgan. 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Joʻraboyev Toshkentda yangi tashkil etilgan „Xalq soʻzi“ milliy gazetasida bosh muharrir yordamchisi boʻlib ishlagan. Joʻraboyev 1992-yildan 1997-yilgacha " Xalq soʻzi " va " Narodnoye slovo " gazetalari bosh muharriri boʻlgan. 1998-yildan 2008-yilgacha Toshkentda yangi tashkil etilgan „Markaziy Osiyo maʼdaniyati“ xalqaro gazetasining bosh muharriri boʻlgan. Gazeta Markaziy Osiyoning beshta respublikasida qozoq, tojik, qirgʻiz, oʻzbek, turkman va rus tillarida nashr etilgan[3].

Siyosatdagi karyera tahrir

Joʻraboyev 1991 va 1992-yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi (Parlament) apparatida maslahatchi boʻlgan. Anvar Joʻraboyev 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish boʻyicha komissiya aʼzosi edi. U Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi (Adolat — Oʻzbekiston sotsial demokratik partiyasi) asoschilaridan biri boʻlib, 1995-yil fevralidan 1996-yil noyabrigacha uning birinchi rahbari boʻlib ishlagan[4]. Shuningdek, Joʻraboyev 1995-yilda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidan Oliy Majlisga deputat etib saylangan va 2000-yilgacha bu lavozimda ishlagan. 2000-yilda Joʻraboev siyosatdan butunlay voz kechgan va oʻz eʼtiborini yangi tashkil etilgan „Markaziy Osiyo maʼdaniyati“ gazetasiga qaratgan.

Maʼnbalar tahrir