Apokalipsis (Qiyomat) (yun. apokalypsis — bashorat) — yahudiy va xristian dinlarining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristian dinining paydo boʻlishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega boʻlgan koʻp yozuvlar vujudga kelgan, lekin ulardan faqat bittasi — „Ioann (Yuhanno) karomati“ xristianlikda Bibliya kano-niga kiritilgan, qolganlari: „Qadimgi ahd“ asarlaridan Yezdra va Varux A.lari, „Yangi ahd“ adabiyotidan Petr, Mess, Zo-strian karomatlari va hokazo apokrif (sox-ta) deb eʼlon qilingan. Shuning uchun A. termini xristian anʼanasida faqat „Ioann karomati“ (68 — 69-yillarda tu-zilgan) ga nisbatan ishlatiladi. „Ioann karomati“ oʻz mazmuni bilan „Qadimgi ahd“ yozuvlariga yaqin. Shunday boʻlsada yirik ruhoniylar (mas, Lyuter, Svingli) A.ga gumon bilan qaraganlar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil