Aquaman (talaffuzi: Akvamen) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, DC Comics nashriyotidagi Aquaman qahramoniga asoslangan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, Warner Bros. Pictures tarafidan tarqatilgan. Kartina DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) oltinchi toʻliq hajmli filmi hisoblanadi. Film rejissori James Wan boʻlib, bosh rollarni Jason Momoa, Amber Heard, Patrick Wilson, Dolph Lundgren va Nicole Kidman kabi film yulduzlari jonlantirishgan.

Aquaman

Film posteri
Rejissyor(lar) James Wan
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya
Rollarda
Bastakor(lar) Rupert Gregson-Williams
Kinematografiya Don Burgess
Muharrir(lar) Kirk Morri
Studiya(lar)
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 21-dekabr, 2018-yil(2018-12-21)
Davomiyligi 143 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $160–200 million[4][5]
Daromadi $1,147 milliard[6]
Keyingi film Aquaman va yoʻqotilgan qirollik

Aquaman filmi premyerasi Empire, Leicester maydonida 26-noyabr 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 21-dekabr 2018-yilda va Oʻzbekistonda 27-dekabr 2018-yilda boʻlib oʻtdi va film teatrlarda RealD 3D, Dolby Cinema va IMAX 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $160–200 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $1.147 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va 2018-yilning beshinchi eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida esa 20chi eng yuqori daromadli film boʻldi.

Mazmuni tahrir

Arthur Curry / Aquaman — Atlanna ismli ayolning oʻgʻli va dengiz chirogʻidagi ishchi. U yoshligida allaqachon ajoyib kuch va tezlik, suv ostida nafas olish va baliq bilan aloqa qilish qobiliyati bor ekanligini sezgan edi. Oʻlimi oldidan Atlanna oʻgʻlini surgunlikdagi Atlantis malikasi ekanligini aytgan va erta yoki kech, albatta, Arthurning yetti dengizni boshqarishini vaʼda qilgan. Otasi unga kerakli maʼlumotni berdi va unga Aquaman boʻlishiga imkon beradi. U oʻgay ukasi Orm Marius bilan jang qiladi va dastlab unga yengiladi. Orm dengizda katta qoʻshin toʻplab, quruqlikni yoʻq qilish niyatida edi. Keyinchalik Arthur oltin nayzani qoʻlga kiritadi va oʻgay ukasining quruqlikni yakson qilish gʻoyasini puchga chiqaradi.

Rollarda tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Film Releases“. Variety Insight. 3-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2018-yil.
  2. Kit, Borys „Geoff Johns Exits DC Entertainment for Writing and Producing Deal (Exclusive)“. The Hollywood Reporter. 28-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
  3. „Aquaman (2018)“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 27-noyabr 2018-yil.
  4. Clark, Travis „'Aquaman' has already made more money than its production budjet, and is looking at a big opening in the US“. Business Insider (19-dekabr 2018-yil). 7-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil. [sayt ishlamaydi]
  5. Mendelson, Scott „'Aquaman' Tops $500 Million: DC Films Ranked From Worst To Best“. Forbes (25-dekabr 2018-yil). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2019-yil.
  6. „Aquaman (2018)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.

Havolalar tahrir