Aravon - (qirgʻizcha: Араван) — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Aravon tumaniga qarashli qishloq. Tumaning mamuriy markazi. Qad. qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Aravonsoy quyi oqimining har ikkala sohilida, togʻlar orasida joylashgan. Oʻsh sh.dan 25 km gʻarbda, Oʻzbekistonning Marhamat sh.dan 14 km narida. Aholisi 2,5 ming kishi (1977), aksari qismi oʻzbeklar; shuning-dek qirgʻiz, rus, ukrain, turk, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish (dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorva-chilik) bilan shugʻullanadi. A.da tuman hokimiyati binosi, pochta, univermag, 4 ta maktab, choyxonalar, klub va b. bor. A. atrofida dam olish maskanlari bar-po qilingan. A.da akademik H. M.Abdullayev tugʻilgan. U oʻqigan maktab qoshida olim xotirasiga muzey tashkil etilgan, byusti oʻrnatilgan, qishloqning eng katta koʻchasi H. M. Abdullayev nomiga qoʻyilgan[1].

Aravon
qirgʻizcha: Араван
qishloq
Koordinatalari: Missing longitude
Koordinatalari: Koordinatalari: Missing longitude
Invalid arguments have been passed to the {{#coordinates:}} function
Mamlakat Qirgʻiziston
viloyat Oʻsh viloyati
Tuman Aravon
Rasmiy til(lar)i Qirgʻiz
Aholisi
 (2009)
8 948
Milliy tarkib 57% - oʻzbeklar
Konfessiyaviy tarkib 95% - musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 3231
Avtomobil kodi O
Aravon qirgʻizcha: Араван xaritada
Aravon qirgʻizcha: Араван
Aravon
qirgʻizcha: Араван

Iqtisodiyoti tahrir

Qishloq aholisi engil sano'at bilan va chorvachilik qishloq hojaligi bilan ishlaydi.

Aholisi tahrir

Aholisining 8 948. 90 % oʻzbeklar, 99 % ga yaqini musulmonlar.

Taniqli shaxislar tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Havolalar tahrir