Arbuzov reaksiyasi — 3 va-lentli fosfor efirlari (fosfitlar, fosforitlar, fosfinlar va ular ay-rim hosilalari)ning alkillovchi yoki aril-lovchi reagentlar taʼsirida fos-for — uglerod bogʻi hosil qilib qayta guruhlanishi natijasida 5 valentli fosfor birikmalariga aylanish reaksi-yasi. Arbuzov reaksiyasida alkillovchi va arillovchi mod-dalar sifatida alkil-va alkilengaloge-nidlar geterotsiklik birikmalarining galogenli hosilalari, karbon kislotalar angidridlari va boshqa ishti-rok etishi mumkin. Arbuzov reaksiyasi fosfor — uglerod bogʻli birikmalar, pestitsidlar, shifobaxsh preparatlar, ekstragentlar va boshqa moddalarni olishda keng qoʻllaniladi. Reaksi-yani A. Ye. Arbuzov 1905-yilda kashf qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil