Ardabil (Ardubiyl) — Eronning shimoli-sharqidagi shahar. Aholisi 290 ming kishi atrofida. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. A.da qadimdan gilam toʻqiladi. Shaharda Ozarbayjon meʼmorchiliginining 14-17-asrlarga oid noyob obidalari na-munasi saqlangan. A. yaqinida mineral buloqlar bor. A.ning qachon bunyod etil-gani maʼlum emas. Shahar haqida dast-labki maʼlumot sosoniylarning soʻnggi vakillari davriga mansub adabiyotlarda uchraydi. Oʻrta asrlarda, ayniqsa 9 — 10-asrlarda Ozarbayjonning yirik savdo — hunarmandchilik va madaniyat markazi edi; ayrim davrlarda kichikroq, mustaqil xonliklar poytaxti boʻlgan. 1220 yilda moʻgʻul bosqinchilari tomonidan vayron qilingan. 13-asr oxiriga kelib A.da Safaviylar darveshlik tariqati vujudga kelgan. Safaviylarning Arda-bil shayxligi Safaviylar davlatining vujudga kelishiga asos boʻldi. A.da mahobatli shayx Safi maqbarasi meʼmoriy majmuasi (16 — 17-asrlar) saqlangan: katta bogʻga (uz. 120 m) pesh-tokli darvoza (1648, ardabillik Ismoil tomonidan ishlangan) orqali kiriladi; kichik hovli, undan 8 burchakli masjid-li (13-asr) katta hovliga oʻtiladi va toʻgʻri burchakli ziyoratgoh masjidi, unga si-lindrik gumbazli, uzluksiz naqshinkor shayx Safi maqbarasi va 8 burchakli Chin-nixona binosi tutashib ketgan. Ad.:Salamzoda A. V., Arxitektura Azerbaydjana XVI — XIX vv., Baku, 1964.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil