Argillitlar (yun. argillos — gil va lithos — tosh) — gil jinslarning suvda boʻkmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. A. gil va gilsimon 610choʻkindilarning zichlanishi, suvsizla-nishi (degidratatsiya) va sementlanishi natijasida hosil boʻladi. A. burmalan-gan oʻlkalarda hamda platforma oblastining qadimgi yotqiziqlarida uchraydi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil