Argon(Ar)
Atom raqami 18
Koʻrinishi Argon undan elektr toki oʻtganda shuʻlalanadi
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
39.948 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 2- pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
1519.6(15.75) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Ne] 3s2 3p6
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 98 pm
Ion radiusi n/a pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
0.0
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi n/a
Termodinamik xossalari
Zichlik (-186 °C da)1.40 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.138 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 0.0177 Vt/(m·K)
Erish harorati 83.8 K
Erish issiqligi n/a kJ/mol
Qaynash harorati 87.3 K
Qaynash issiqligi 6.52 kJ/mol
Molyar hajm 24.2 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik markazlashgan
Panjara davri 5.260 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati 85.00 K
18
Argon
Ar
39,948
3s23p6

Argon (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom massasi 39,948, birinchi marta 1894-yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmos-ferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sunʼiy radio-aktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265 yil), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olin-magan, ammo Ag .6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻk-havo rang shu’lalanadi) va yuqori chasto-talar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladi.[1]

Argon — unsurlar davriy jadvalining 18 unsuri, inert gaz.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil