Ariana Grande

amerikalik qoʻshiqchi va aktrisa

Ariana Grande-Butera (26-iyun 1993-yilda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi va aktrisadir. U oʻz karyerasi davomida koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Grammy mukofotiga, bir marta Brit mukofotiga, ikki marta Billboard Music Awardsga, uch marta American Music Awards va toʻqqiz marta MTV Video Music Awardsga loyiq topilgan.

Ariana Grande
Ariana Grande for Vogue Taiwan.png
Grande 2020-yilda oʻtkazilgan Grammy taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Ariana Grande-Butera
26-iyun 1993-yil (1993-06-26) (30 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • aktrisa
  • qoʻshiqnavis
Leybl Republic
Turmush oʻrtogʻi
Dalton Gomez (turm. 2021)
Janr PopR&B
Faoliyat yillari 2008 – hozirgacha
Mukofotlari Toʻliq roʻyxat
Veb-sayt arianagrande.com
Imzosi

Floridaning Boca Raton shahrida tugʻilgan Grande musiqiy faoliyatini ilk bor oʻn besh yoshida 2008-yilda Broadway teatrida sahnalashtirilgan 13 nomli myuzikl bilan boshlagan. U Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan Victorious (2010—2013) va Sam & Cat (2013—2014) teleseriallaridagi Cat Valentine roli bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik, uning YouTubedagi kaver versiyada kuylangan ashulalarini payqagan Republic Records studiyasi u bilan 2011-yilda shartnoma imzolaydi. Uning pop va R&B janrlaridagi Yours Truly (2013) nomli debyut albomi AQSh Billboard 200 chartida birinchi raqamli albom boʻldi[1] va albomning „The Way“ singli esa Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi.

Grande oʻzining ikkinchi va uchinchi studiya albomlari sanalmish My Everything (2014) va Dangerous Woman (2016) albomlarida pop va R&B janrlarini davom ettiradigan EDM elementlaridan foydalandi. Albomlardan birinchisi global miqyosda muvaffaqiyat qozondi va albomning „Problem“, „Break Free“ va „Bang Bang“ singllari Billboard 200 chartida top oʻntalikka kirdi; ikkinchisi Birlashgan Qirollik albomlari chartida toʻrtta ketma-ket birinchi raqamli albomlarning biri boʻldi. Shaxsiy kurashlari uning trap elementlaridan foydalangan toʻrtinchi va beshinchi studiya albomlari boʻlmish Sweetener (2018) va Thank U, Next (2019) larga taʼsir koʻrsatdi hamda albomlarning har ikkisi ham tanqidiy, ham tijoriy jihatdan muvaffaqiyat qozondi. Sweetener albomi Grammyning „Eng yaxshi pop vokal albomi“ nominatsiyasiga loyiq topildi, Thank U, Next albomi esa koʻplab streaming xizmatlarida rekord oʻrnatdi va Grammyning „Yil albomi“ nominatsiyasiga sazovor boʻldi[2]. „Thank U, Next“, „7 Rings“ va „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ singllari Billboard Hot 100 chartida ilk uchtalikni band qildi hamda Grade bir vaqtning oʻzida ham tarixda buni amalga oshirgan ilk artist boʻldi, ham UK Singles Chart roʻyxatida rekordini yangiladi. Uning 2020-yilda Justin Bieber bilan birgalikda ijro etilgan „Stuck with U“ hamda Lady Gaga bilan birgalikda ijro etilgan „Rain on Me“ ashulalari Hot 100 chartidagi birinchi raqamli debyut rekordini yangilashga koʻmaklashdi, hatto yuqoridagi singllardan ikkinchisi unga Grammyning „Eng yaxshi pop duo/group ijrochisi“ nominatsiyasini olib keldi. Grandening R&B janridagi navbatdagi oltinchi studiya albomi Positions (2020) va uning xuddi shu nomdagi albom treki ham AQSh, ham Buyuk Britaniya musiqiy chartlarida birinchi raqamli albom boʻldi. 2021-yilda Grande „Save Your Tears“ ashulasidagi The Weeknd bilan duetidan soʻng, oltinchi marotaba AQShning birinchi raqamli singlini qozondi.

Ariana Grande Manchesterdagi Dangerous Woman turnesi davomida (New Hampshire, 2017-yil 19-fevral)

Hayoti tahrir

Ariana Grande-Butera 26-iyun 1993-yilda Florida shtatining Boca Raton shahrida tugʻilgan[3][4]. Uning onasi Joan Grande boʻlib, aloqa va xavfsizlik uskunalari ishlab chiqaruvchi shirkat boʻlmish Hose-McCann Communications shirkati bosh ijrochi direktori[5], otasi esa Edward Butera boʻlib, Boca Ratondagi grafik dizayn bilan shugʻullanuvchi firma egasi boʻlgan[6][7]. Grandening kelib-chiqishi italiyalik boʻlib[8], u oʻzini italyan amerikalik, deb taʼriflaydi[9]. Uning Frankie Grande ismli katta oʻgay akasi ham bor boʻlib, u qiziqchi va produserdir[10][11]. Grande, shuningdek, ona tomondan buvisi Marjorie Grande bilan yaqin munosabatda hisoblanadi[12]. Uning oilasi tugʻilishidan avval New Yorkdan Floridaga koʻchib kelgan hamda Grande sakkiz yoki toʻqqiz yosh boʻlganida ajrashishgan[7].

Faoliyati tahrir

2008—2012-yillar: Muqaddima va Victorious tahrir

 
Grande Victorious shousi aktyorlar jamoasi bilan.

Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan teleserialdagi rolidan avval Grande Broadway teatrida 2008-yilda sahnalashtirilgan 13 nomli myuziklda Charlotte personajini ijro etadi. U myuziklga qoʻshilganda, tahsil olayotgan maktabi — North Broward maktabidagi darslarda ishtirok eta olmaydi, ammo oʻqishni davom ettirdi; maktab unga tahsil olishi uchun materiallar yuborib turdi[13]. U, shuningdek, boʻsh vaqtlarida New York shahrida joylashgan „Birdland“ jaz klubida qoʻshiq kuylab turgan[14].

2010-yildan 2013-yilgacha Grande Nickelodeon telekanalida efirga uzatilgan shou — Victoriousda Cat Valentine qahramonini jonlantiradi. Uning roli Grandega oʻsmirlar idoli statusiga ega boʻlishida koʻmaklashdi, ammo u koʻproq musiqiy karyeraga qiziqib, aktyorlikni „zavqli, lekin musiqa har doim men uchun birinchi boʻlgan“ deya taʼrifladi[15]. 2012-yilning avgustida Nickelodeon Victorious teleseriali uch faslgacha davom etishini eʼlon qiladi[16]. Biroq, shu oyning soʻngida, Nickelodeon Sam & Cat nomli spin-off shou efirga uzatilishini eʼlon qiladi. Bu shouda Victorious serialidagi Grande bilan iCarly serialidagi Jennette McCurdy birlashishadi. Ular Sam & Cat shousida Cat Valentine va Sam Puckett oʻlaroq rollarini oʻynashadi[17].

Garchi Sam & Cat Nickelodeon uchun muvaffaqiyatli shou boʻlgan boʻlsa-da, Grandening musiqiy karyerasi va boshqa muammolari tufayli shou 2014-yilning 13-iyulida bekor qilinadi. Shouning soʻnggi qismi 17-iyulda efirga uzatiladi.

2013—2015-yillar: Yours Truly va My Everything tahrir

 
Grande 2015-yilda boʻlgan The Honeymoon Tour davomida.

Grande oʻzining debyut albomi boʻlmish Yours Truly (dastlab nomi Daydreamin' boʻlgan) uchun uch yil vaqt sarflaydi[18]. U ushbu albomni 2013-yilning iyunida niholaydi, 2013-yilning avgustida esa chiqariladi. 2013-yilning sentyabrida bu albom AQSh Billboard 200 albomlar chartida birinchi raqamli albom boʻldi va ilk haftaning oʻzidanoq 138 000 ta nusxada sotildi. Bu Grandeni Keshadan keyin ilk albomidanoq chartda birinchi raqamni band qilgan ilk ayol artistga aylantirdi[19]. Albomning ilk singli — „The Way“ pitsburglik rapper Mac Miller bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, 2013-yilning 26-martida chiqarilgan[20]. Ushbu ashula chiqarilganidan boshlab hisoblaganda, 48 soat ichida 120 000 ta nusxada sotildi, ochilish haftasida esa 219 000 tadan oshiq nusxada sotildi[21][22]. Shuningdek, birinchi albom singllari oʻlaroq „Baby I“ va „Right There“ singllari ham chiqarilgan[23][24].

2014-yilning yanvarida Grande ikkinchi studiya albomi ustida ishlashni boshlaydi[25]. U albomni 2014-yilning martida nihoyalaydi[26]. Albomning birinchi singli „Problem“ boʻlib, bu ashula avstraliyalik rapper Iggy Azalea bilan birgalikda kuylangan[27]. Bu tarona 27-aprelda 2014 Radio Disney Music Awards taqdimotida premyera qilingan[28]. Albomning ikkinchi singli „Break Free“ rus—olmon produser Zedd bilan birgalikda ijro etilgan boʻlib, qoʻshiq premyerasi 2-iyulda, MTV telekanalida efirga uzatiladigan Total Request Live shousining Total Ariana Live deb nomlangan bir kunlik epizodida boʻlib oʻtadi[29]. 2014-yil 28-iyulda Grande 25-avgustda chiqarilishi kutilayotgan My Everything albomi nomini eʼlon qiladi[30]. 2015-yilning fevralida Grande My Everything albomini ommalashtirish maqsadida ilk umumjahon turnesi boʻlgan The Honeymoon Tourni amalga oshirdi va bu turne davomida Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika mamlakatlarida safarda boʻldi[31].

2015—2017-yillar: Dangerous Woman tahrir

 
Grande 2017-yilda oʻtkazilgan Dangerous Woman Tour davomida.

Grande uchinchi studiya albomi boʻlmish Dangerous Woman („Xavfli ayol“; dastlab nomi Moonlight („Oy nuri“) boʻlgan, keyinchalik nomini hozirgi nomga oʻzgartirgan) uchun qoʻshiqlar yozishni 2015-yilda boshlaydi[32][33]. Ushbu albom 2016-yil 20-mayda chiqarildi hamda Billboard 200 chartida ikkinchi raqamli albom boʻldi. Shu yilning oktyabrida u albomning dastlab chiqishli singli boʻlgan „Focus“ni chiqardi; ashula Billboard Hot 100 chartida top yettinchi hit qoʻshiq boʻldi[34]. Keyingi oyda amerikalik qoʻshiqchi Who Is Fancy oʻzining Grande va Meghan Trainor bilan birgalikda ijro etgan „Boys Like You“ nomli ashulasini chiqardi[35]. Keyinchalik, Grande ingliz ashulachisi Nathan Sykesning 2016-yil yanvarda chiqarilgan Unfinished Business studiya solo albomidagi „Over and Over Again“ ashulasining remiks versiyasini taqdim etadi[36]. U, shunungdek, bosh rollarni Ben Stiller va Owen Wilson jonlantirgan komediya janridagi kartina boʻlmish Zoolander 2 filmida epizodik rolda koʻrinish berdi[37]. Albomning keyinchalik chiqishli singli boʻlgan (albom nomi Moonlightdan Dangerous Womanga oʻzgargandan soʻng) „Dangerous Woman“ 2016-yil 11-martda chiqarildi hamda bu ashula Billboard Hot 100 chartida sakkizinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Albomning ikkinchi va uchinchi singllari — „Into You“ va „Side to Side“, mos ravishda chartda oʻn uchinchi va toʻrtinchi raqamli qoʻshiq boʻldi. Umuman olganda, albom tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albomni targʻib qilish maqsadida Grande 2016 Billboard Music Awards va MTV Video Music Awards taqdimotlarida qatnashdi. U, shuningdek, Saturday Night Live teledasturida ham boshlovchi, ham mehmon sifatida koʻrinish berdi. Grande 2017-yilda Dangerous Woman Tour davomida koʻplab mamlakatlarda, jumladan Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoda boʻldi. 2017-yil 22-may sanasida Grandening Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida joylashgan Manchester arenasidagi konsertida sodir boʻlgan portlash haqida koʻplab xabarlar paydo boʻldi. Politsiya maʼlumotiga koʻra, portlashda 22 kishi halok boʻlgan, 59 kishi esa jarohatlangan[38]. Portlashdan soʻng, Grande turne safarining qolgan qismini toʻxtatdi hamda 4-yun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib[39], portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi[40][41].

2018—hozirgacha: Sweetener, Thank U, Next va Positions tahrir

Grande 2016-yilda Pharrell Williams bilan toʻrtinchi albomi Sweetener uchun ashulalar yozishni boshladi, ammo „Manchesterda sodir boʻlgan hodisalar loyiha umidini keskin oʻzgartirdi“[42]. Grande 2018-yil aprel oyida Sweetener albomining chiqishli singli oʻlaroq „No Tears Left to Cry“ qoʻshigʻini chiqardi[43] va bu ashula Billboard Hot 100 chartida top uchinchi raqamni egallagan boʻlib, buning ortidan Grande ilk toʻrt albomining ilk singli ham Hot 100 roʻyxatida top oʻntalikka kirgan yagona artistga aylandi[44][45]. Yaʼni, uning „The Way“ (Yours Truly albomidan), „Problem“ (My Everything albomidan), „Dangerous Woman“ (Dangerous Woman albomidan) va „No Tears Left to Cry“ singllari mos ravishda chartlarda 10-, 3-, 10- va 3-oʻrinlarni egallagan[46]. Sweetener albomi chiqarilganidan olti oy oʻtgach, Grande beshinchi studiya albomi — Thank U, Nextni chiqardi. Keyinchalik, 2020-yilda uning oltinchi studiya albomi — Positions chiqarildi.

Shaxsiy hayoti tahrir

Ariana Grande 2018-yilning mayida qiziqchi Pete Davidson bilan uchrashishni boshlaydi[47] hamda 2018-yilning 11-iyunida koʻplab axborot vositalari Davidson va Grande unashtirilganligi haqida xabar berishdi. Ularning munosabati 2018-yilning oktyabrida nihoyalangan[48].

2019-yilning noyabrida Grande senator Bernie Sandersning ikkinchi prezidentlik saylovini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi[49].

2020-yilning dekabrida Grande koʻchmas mulk agenti Dalton Gomez bilan munosabat oʻrnatdi[50]. Ular 2021-yilning may oyi oʻrtalarida turmush qurishdi[51].

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar)
2011
Snowflake, the White Gorilla Snowflake (ovoz bergan) Inglizcha dublyaj [52][53][54]
2016
Underdogs Laura (ovoz bergan) Inglizcha dublyaj; direct-to-video
[55]
Zoolander 2 Bondaj libosidagi ayol Epizod rolda
[56]
2019
Qora libosli odamlar: Xalqaro daraja Alien TV Monitorsda Epizod rolda
[57]
2020
Ariana Grande: Excuse Me, I Love You Oʻzi Ijrochi produser
2021
Billie Eilish: The World’s a Little Blurry Oʻzi Epizod rolda
[58]
Donʼt Look Up Riley Bina Post-production
[59]

Televideniye tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar)
2009 The Battery’s Down Bat Mitzvah Riffer Qism: „Bad Bad News“
2010-13 Victorious Cat Valentine Bosh rol
2011 iParty with Victorious Cat Valentine Televizion film
2011-13 Winx Club Malika Diaspro (ovoz bergan)
2013 Swindle Amanda Benson Televizion film
2013-14 Sam & Cat Cat Valentine Bosh rol
2014 Family Guy Italian Daughter (ovoz bergan) Qism: „Mom’s the Word“
[52]
Saturday Night Live Oʻzi/mehmon Qism: „Chris Pratt/Ariana Grande“
2015 RuPaul’s Drag Race Oʻzi/mehmon hakam Qism:

„Ru Hollywood Stories“

Knock Knock Live Oʻzi Efirga uzatilmagan qism
[60]
Scream Queens Sonya Herfmann / Chanel #2 4 ta qism
[61][62]
2016 Saturday Night Live Mehmon Qism: „Ariana Grande“
Hairspray Live! Penny Pingleton Special
[63]
2017 One Love Manchester Tashkilotchi va ijrochi Special
Carpool Karaoke: The Series Oʻzi Qism: „Seth MacFarlane & Ariana Grande“
[64]
2018 A Very Wicked Halloween Oʻzi Special
[65]
Ariana Grande at the BBC Oʻzi Special
[66][67]
Ariana Grande: Dangerous Woman Diaries Oʻzi YouTube
2019 Keeping Up with the Kardashians Oʻzi Qism: „Fire Escape“
[68]
2020 Justin Bieber: Seasons Oʻzi Epizod rolda
[69]
Kidding Piccola Grande Qism: „Episode 3101“
[70][71]
The Disney Family Singalong Oʻzi Special
Mariah Carey’s Magical Christmas Special Oʻzi Special
2021 The Late Late Show with James Corden Oʻzi Mehmon
The Voice Oʻzi Kelgusi 21-fasldan [72]

Web seriallar tahrir

Yil Nom Rol Izohlar Manba (lar)
2010-2013
The Slap Cat Valentine
2011-2012
iCarly.com Cat Valentine / Oʻzi Segmentlar: „Three Way Random Debate“, „Whatʼs Gibby Thinking About?“
[73][74]

Sahna tahrir

Yil Sahna koʻrinishi nomi Rol Teatr
2008 13 Charlotte Broadway
2010 Cuba Libre Miriam
2012 A Snow White Christmas Oppogʻoy[75] Pasadena Playhouse

Diskografiyasi tahrir

Studiya albomlari tahrir

Turnelari tahrir

Konsert turnelari tahrir

Title Sana Albom (lar) Mintaqa (lar) Shoular Daromad Tashrif Manba (lar)
The Listening Sessions 13-avgust 2013-yil — 22-sentyabr 2013-yil Yours Truly Shimoliy Amerika 11 $680 25 [76]
[77]
[78]
The Honeymoon Tour 25-fevral 2015-yil — 25-oktyabr 2015-yil My Everything Shimoliy Amerika
Yevropa
Osiyo
Lotin Amerikasi
88 $41,800,000 808,667 [79][80][81]
Dangerous Woman Tour 3-fevral 2017-yil — 21-sentyabr 2017-yil Dangerous Woman Shimoliy Amerika
Yevropa
Lotin Amerikasi
Osiyo
Okeaniya
77 $71,000,000 853,554 [82][83][84]
Sweetener World Tour 18-mart 2019-yil — 22-dekabr 2019-yil Sweetener
Thank U, Next
Shimoliy Amerika
Yevropa
101 $146,400,000 1,300,000 [85][86][87][88]

Targʻib qilish maqsadida uyushtirilgan turnelar tahrir

Nomi Sana Albom (lar) Shaharlar Shoular Manba (lar)
The Sweetener Sessions 20-avgust 2018-yil — 4-sentyabr 2018-yil Sweetener New York shahri
Chikago
Los Angeles
London
4 [76]
[77]
[78]

Headlined events tahrir

Sana Hodisa Tavsif Shahar Ijro etilgan qoʻshiqlar
4-iyun 2017-yil One Love Manchester Manchesterda portlash (2017) Manchester, England "Be Alright" · „Break Free“ · „Better Days“ (Victoria Monét bilan birgalikda) · „Where Is the Love?“ (The Black Eyed Peas bilan birgalikda) · „My Everything“ (Parrs Wood High School xor jamoasi bilan birgalikda) · „The Way“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Dang!“ (Mac Miller bilan birgalikda) · „Don't Dream It's Over“ (Miley Cyrus bilan birgalikda) · „Side to Side“ · „Love Me Harder“ · „Don't Look Back in Anger“ (Coldplay bilan birgalikda) · „One Last Time“ · „Somewhere Over the Rainbow“
14-aprel 2019-yil — 21-aprel 2019-yil Coachella Valley Music and Arts Festival Musiqa va sanʼat festivali Indio, California "Raindrops (An Angel Cried)" · „God Is a Woman“ · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I'm Bored“ (NSYNC bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Tearin' Up My Heart“ (NSYNC bilan birgalikda) (birinchi shou) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „Bang Bang“ (Nicki Minaj bilan birgalikda) (ikkinchi shouda yakkaxon tarzda) · „7 Rings“ · „Love Me Harder“ · „Breathin“ · „Needy“ · „Right There“ · „Break Your Heart Right Back“ · „Mo Money Mo Problems“ (Diddy va Mase bilan birgalikda) (birinchi shou) · „NASA“ · „Goodnight n Go“ (birinchi shou) · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „Sorry“ (Justin Bieber bilan birgalikda) (ikkinchi shou) · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“
4-avgust 2019-yil Lollapalooza Musiqiy festival Chikago, Illinois "God Is a Woman" · „Bad Idea“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Boyfriend“ (Social House bilan birgalikda) · „R.E.M“ · „Be Alright“ · „Sweetener“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Breathin“ · „Needy“ · „NASA“ · „Get Well Soon“ · „The Light Is Coming“ · „Into You“ · „Dangerous Woman“ · „Break Free“ · „No Tears Left to Cry“ · „Thank U, Next“
25-avgust 2019-yil Manchester Pride en:LGBT pride festivali va paradi Manchester, Angliya "No Tears Left to Cry" · „Be Alright“ · „Break Up with Your Girlfriend, I’m Bored“ · „Side to Side“ · „7 Rings“ · „Break Free“ · „Breathin“ · „Thank U, Next“ · „One Last Time“

Mukofotlari tahrir

American Music Awards

Yil Turkum Nominatsiya Natija Manba (lar)
2013 New Artist of the Year Yutuq [89]
2015 Artist of the Year Nominatsiya [90]
Favorite Pop/Rock Female Artist Yutuq
2016 Artist of the Year Yutuq [91]
2018 Favorite Social Artist Nominatsiya [92]
2019 Nominatsiya [93]
Artist of the Year Nominatsiya
Favorite Pop/Rock Female Artist Nominatsiya
Tour of the Year Sweetener World Tour Nominatsiya
Favorite Pop/Rock Album Thank U, Next Nominatsiya
Favorite Music Video „7 Rings“ Nominatsiya
2020 "Rain on Me"

(Lady Gaga bilan birgalikda)

Nominatsiya [94]
Collaboration of the Year Nominatsiya
Favorite Social artist Nominatsiya

Bambi Awards

Yil Turkum Natija Manba (lar)
2014 Best Newcomer Yutuq [95]

BBC Radio 1’s Teen Awards

Yil Turkum Natija Manba (lar)
2016 Best International Solo Artist Nominatsiya [96]
2017 Yutuq [97]
2019 Yutuq [98]

Billboard Music Awards

Yil Turkum Nominatsiya Natija Manba (lar)
2014 Top New Artist Nominatsiya [99]
2015 Top Artist Nominatsiya [100]
Top Female Artist Nominatsiya
Top Hot 100 Artist Nominatsiya
Top Social Artist Nominatsiya
Top Streaming Artist Nominatsiya
Top Dance/Electronic Song "Break Free"

(Zedd bilan birgalikda)

Nominatsiya
2016 Top Female Artist Nominatsiya [101]
Top Social Media Artist Nominatsiya
2017 Top Artist Nominatsiya [102]
Top Female Artist Nominatsiya
Top Social Artist Nominatsiya
2018 Top Social Artist Nominatsiya
2019 Top Artist Nominatsiya [103]
Top Female Artist Yutuq
Billboard Chart Achievement Award Yutuq
Top Hot 100 Artist Nominatsiya
Top Billboard 200 Artist Nominatsiya
Top Streaming Songs Artist Nominatsiya
Top Song Sales Artist Nominatsiya
Top Radio Songs Artist Nominatsiya
Top Social Artist Nominatsiya
2020 Nominatsiya [104]
Top Female Artist Nominatsiya
Top Billboard 200 Album Thank U, Next Nominatsiya

Brit Awards

Yil Turkum Natija Manba (lar)
2016 International Female Solo Artist Nominatsiya [105]
2019 Yutuq [106]
2020 Nominatsiya [107]

Japan Gold Disc Award

Yil Turkum Nominatsiya Natija Manba (lar)
2015 New Artist of the Year (International) Yutuq [108]
Best 3 New Artists (International) Yutuq
Best 3 Albums (International) My Everything Yutuq
2017 International Artist of the Year Yutuq [109]
International Album of the Year Dangerous Woman Yutuq
Best 3 Albums (International) Yutuq
2019 Sweetener Yutuq [110]

Kids' Choice Awards

Yil Turkum Nominatsiya Natija Manba (lar)
2015 Favorite Female Artist Nominatsiya [111]
[112]
Song of The Year "Bang Bang"

(Jessie J va Nicki Minaj bilan birgalikda)

Yutuq
„Problem“

(Iggy Azalea bilan birgalikda)

Nominatsiya
2016 Favorite Female Artist Yutuq [113]
[114]
2017 Nominatsiya [115]
Favorite Song "Side To Side"

(Nicki Minaj bilan birgalikda)

Nominatsiya
2019 „Thank U, Next“ Yutuq [116]
Favorite Female Artist Yutuq
2020 Favorite Song „7 Rings“ Nominatsiya [117]
Favorite Female Artist Yutuq
2021 Yutuq [118]
Favorite Music Collaboration „Rain On Me“

(Lady Gaga bilan birgalikda)

Nominatsiya
„Stuck with U“

(Justin Bieber bilan birgalikda)

Yutuq

Manbalar tahrir

  1. Ryce, Andre. „Ariana Grande Yours Truly“. Pitchfork. 29–noyabr 2019–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7–iyun 2020–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. Caulfield, Keith (17–fevral 2019–yil). „Ariana Grande's 'Thank U, Next' Debuts at No. 1 on Billboard 200 Chart With Biggest Streaming Week Ever for a Pop Album“. Billboard. 5–yanvar 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18–fevral 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Collar, Matt „Ariana Grande Biography“. AllMusic. 2-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2010-yil.
  4. Sheets, Connor Adams. „Who Is Ariana? All About Ariana Grande, Leader of the Arianators“. International Business Times (6-oktabr 2013-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  5. Connor, Katie (11–iyul 2018–yil). „Ariana Grande Is Here to Save Us“. Elle. 29–yanvar 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3–oktabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format (); McLean, Craig. „Ariana Grande: 'If you want to call me a diva I'll say: cool'“. The Daily Telegraph (17-oktabr 2014-yil). 9-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.; va Mauney, Matt. „Ariana Grande celebrates 21st birthday at Disney World“. Orlando Sentinel (24-iyun 2014-yil). 2-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.; La Pluma, Joe. „Ariana Grande: "Shadow of a Doubt". Complex. 11–iyul 2014–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3–oktabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format (); „About Hose-McCann Communications“. Hose-McCann Communications. 26-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  6. Farber, Jim. „Ariana Grande owes her stardom to singing, not sex appeal“. Daily News (14-avgust 2014-yil). 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  7. 7,0 7,1 Goodman, Lizzy (15–avgust 2014–yil). „Billboard Cover: Ariana Grande on Fame, Freddy Krueger and Her Freaky Past“. Billboard. 13–iyun 2018–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1–sentyabr 2014–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  8. Savage, Mark. „Ariana Grande: The diva with a heart“. BBC (23-may 2017-yil). 13-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  9. Grande, Ariana [@ArianaGrande]. „I am Italian American, half Sicilian and half Abruzzese xx RT @_mylifestory @ArianaGrande What is your nationality? :)“ (22-fevral 2011-yil). 3-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2018-yil.
  10. Musto, Michael. „Frankie Grande, Ariana Grande's Half Brother, Stars in Rock of Ages. The New York Times (12-noyabr 2014-yil).
  11. Gonzales, Erica. „Ariana Grande Had the Perfect Response When Her Brother Came Out“. Harpers Bazaar (14-dekabr 2016-yil). 29-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  12. Maldonado, Jennifer (25–aprel 2016–yil). „Ariana Grande Holds Hands With Her Favorite Person on Snapchat“. M Magazine. 13–iyun 2018–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3–oktabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format (); Kimble, Lindsay (23–noyabr 2015–yil). „Ariana Grande Had the Cutest Date at the AMAs: Her Grandma!“. People. 20–may 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3–oktabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format (); va McRady, Rachel. „Ariana Grande Celebrates Her Nonna's 92nd Birthday in Sweet Post With Her New Grey Hair: Pic!“. Entertainment Tonight (13-oktabr 2017-yil). 8-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  13. „Ariana Grande: From Boca to Broadway“. Girl2watch.com (4-may 2010-yil). 22-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2010-yil. (Archive.is saytida 22-avgust 2010-yil sanasida arxivlangan)
  14. „About“. Ariana Grande official website. 21-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 21-iyul 2011-yil sanasida arxivlangan)
  15. Greene, Andy (22–may 2014–yil). „How Ariana Grande and Max Martin Made 'Problem' the Song of the Summer“. Rolling Stone. 7–aprel 2018–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2–sentyabr 2014–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  16. Big Time Rush. „M Exclusive: Victorious will NOT be returning for season four! – M Magazine“. Mmm-mag.com (10-avgust 2012-yil). 27-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-avgust 2012-yil. (Wayback Machine saytida 27-yanvar 2013-yil sanasida arxivlangan)
  17. „Nickelodeon greenlights an 'iCarly' spinoff and other new shows“. Los Angeles Times (3-avgust 2012-yil). 7-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  18. „Ariana Grande Finishes Recording First Album“. Fanlala. 2-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2013-yil.
  19. Caulfield, Keith „Ariana Grande Debuts At No. 1 On Billboard 200“. Billboard. 4-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentyabr 2013-yil.
  20. „Twitter / ArianaGrande: My new single "The Way" feat“. Twitter.com. 5-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2013-yil.
  21. Grande, Ariana „Ariana tweets about The Way“. 2019-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  22. Lipshutz, Jason „Breakout Hit "The Way"“. Billboard. 2013-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
  23. 15-iyul 2013-yil 2:00pm EDT by Avery Thompson. „Ariana Grande: 'Baby I' — Singer Reveals Name Of New Single“. Hollywood Life (15-iyul 2013-yil). 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2013-yil.
  24. Lipshutz, Jason „Ariana Grande, Big Sean Masquerade in 'Right There' Video: Watch“. Billboard (30-oktabr 2013-yil). 23-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2014-yil.
  25. Fox, Sarah „Ariana Grande Back To Work In The Studio, Recording Second Album“. The Slanted (13-yanvar 2014-yil). 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2014-yil. (Wayback Machine saytida 29-iyun 2019-yil sanasida arxivlangan)
  26. „'Very Excited For These Next Few Months': Ariana Grande Confirms New Album Is Done!“. entertainmentwise.com. 13-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2014-yil.
  27. Bobb, Maurice. „Ariana Grande Teams With Iggy Azalea For 'Problems': See The Cover Art“ (17-aprel 2014-yil). 20-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  28. Pambid, Diadem „Ariana Grande's New Single 'Problem' Allegedly About Ex-boyfriend, Jai Brooks?“. International Business Times AU. 17-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2014-yil.
  29. „Ariana Grande's 'Break Free': Zedd Discusses The 'Problem' Follow-Up“. Billboard. 27-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2014-yil.
  30. Grande, Ariana „#7DaysUntilBreakFree #60DaysUntilMyNewAlbum“. Twitter (25-iyun 2014-yil). 14-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  31. Perdani, Yuliasri „Ariana Grande to debut in Jakarta soon“ (16-iyun 2015-yil). 24-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  32. Fishe, Kendall „Ariana Grande Just Changed the Title of Her Upcoming Album and Revealed a Partial Track List“. E! Online (23-fevral 2016-yil). 19-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  33. Roth, Madeline „Ariana Grande Revealed Her New Album Title – And It's Literally Out of This World“. MTV (30-may 2015-yil). 30-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2015-yil. (Wayback Machine saytida 30-may 2015-yil sanasida arxivlangan)
  34. Trust, Gary „Adele's 'Hello' Tops Hot 100 for Second Week; Ariana Grande, Meghan Trainor Hit Top 10“. Billboard (9-noyabr 2015-yil). 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  35. Thompson, Heather „Ariana Grande Teams With Who is Fancy For 'Boys Like You' Song“. M Magazine (23-noyabr 2015-yil). 16-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 16-noyabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
  36. Mallenbaum, Carly „Hear Ariana Grande Join Ex-Boyfriend Nathan Sykes on 'Over and Over Again'“. Rolling Stone (16-yanvar 2016-yil). 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  37. „Susan Sarandon on Death Row Stories, Ariana Grande, and Doing TV for the First Time“. Vulture. 21-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
    va Rankin, Seija „The Best Celebrity Cameos in Zoolander 2, Ranked: How Does Justin Bieber Stack Up“. E! Online (11-fevral 2016-yil). 19-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  38. „Ariana Grande concert explosions: Police say 'number of confirmed fatalities'“ (inglizcha). Fox News (22-may 2017-yil). 27-sentyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  39. „Ariana Grande's Manchester Benefit Concert Draws Biggest U.K. TV Audience of 2017“. The Hollywood Reporter (5-iyun 2017-yil). 25-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyun 2017-yil.
  40. Harrison, Lily „Ariana Grande Suspends Remainder of Dangerous Woman Tour After Deadly Manchester Arena Explosion“. Eonline.com (24-may 2017-yil). 19-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  41. Blistein, Jon „Families of Ariana Grande Concert Attack Victims to Receive $324,000“. Rolling Stone (15-avgust 2017-yil). 16-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-oktabr 2021-yil.
  42. Tanzer, Myles „Ariana Grande“. The Fader (30-may 2018-yil). 29-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  43. Reed, Ryan „Hear Ariana Grande's Uplifting New Song 'No Tears Left to Cry'“. Rolling Stone (20-aprel 2018-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  44. Trust, Gary „Drake Leads Billboard Hot 100, Ariana Grande Arrives at No. 3 & J. Cole Collects Record Three Debuts in Top 10“. Billboard (30-aprel 2018-yil). 20-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  45. Nelson, Jeff „Ariana Grande Drops 'The Light Is Coming' Video, Frolics in the Woods with Nicki Minaj“. People (20-iyun 2018-yil). 28-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  46. „Drake Leads Billboard Hot 100, Ariana Grande Arrives at No. 3 & J. Cole Collects Record Three Debuts in Top 10“. Billboard. 20-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  47. „Ariana Grande and Pete Davidson Are Instagram Official“ (inglizcha). E! Online. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  48. Aiello, McKenna „Ariana Grande Is Engaged to Pete Davidson: A Timeline of Their Rapid Relationship“. eonline. E! News. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyun 2018-yil.
  49. Grande, Ariana [@ArianaGrande]. „MY GUY. thank you Senator Sanders for coming to my show, making my whole night and for all that you stand for ! @headcountorg and i are doing our best to make you proud. we’ve already registered 20k+ young voters at my shows alone. also i will never smile this hard again promise.“ (20-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
  50. Perez, Lexy (20–dekabr 2020–yil). „Ariana Grande Engaged to Real Estate Agent Dalton Gomez“. The Hollywood Reporter. 27–aprel 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5–sentyabr 2021–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  51. „Ariana Grande Marries Dalton Gomez in 'Tiny and Intimate' Wedding Ceremony“ (en). PEOPLE.com. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-may.
  52. 52,0 52,1 Spanos, Brittany „Ariana Grande: 7 Forgotten Screen Cameos“. Rolling Stone (20-may 2016-yil). 31-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  53. Rolfe, Donna „Snowflake: The White Gorilla“. Dove.org (2013). 30-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  54. „Snowflake: The White Gorilla“. Lions Gate (2014). 19-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2015-yil.
  55. Milligan, Mercedes Underdogs Starring Ariana Grande Arrives July 19“. Animation Magazine (11-iyul 2016-yil). 2-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  56. Roche, Eddie „The Zoolander 2 International Trailer Features New Footage“. FashionWeekDaily.com (1-dekabr 2015-yil). 26-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  57. Harvey, Olivia „Ariana Grande makes a cameo in Men in Black: International, and maybe this is what “NASA” was about all along“. Yahoo! (14-iyun 2019-yil). 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  58. B. Kile, Merdedith. „Billie Eilish Shares Supportive Messages From Justin Bieber in 'The World's a Little Blurry' Doc“. Entertainment Tonight (27-fevral 2021-yil). 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2021-yil.
  59. Kroll, Justin „Leonardo DiCaprio, Meryl Streep, Jonah Hill, Timothée Chalamet, Ariana Grande, Himesh Patel, Others Join Jennifer Lawrence In Netflix's 'Don't Look Up' For Adam McKay“ (en-US). Deadline (14-oktabr 2020-yil). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  60. Holloway, Daniel „Justin Bieber, Ariana Grande to Appear on Ryan Seacrest's Knock Knock Live. TheWrap.com (14-iyul 2015-yil). 20-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2016-yil.
  61. Stack, Tim „First Look: Ariana Grande on the set of Scream Queens“. Entertainment Weekly (24-aprel 2015-yil). 19-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  62. Schultz, Cody „Fox Debuts Full-Length 'Scream Queens' Trailer“. HiddenRemote.com (20-may 2015-yil). 26-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  63. „Ariana Grande Joins NBC's 'Hairspray Live'“ (7-iyul 2016-yil). 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
  64. Fierberg, Ruthie „Ariana Grande and Seth MacFarlane Sing Little Shop's 'Suddenly Seymour' on Carpool Karaoke. People (22-avgust 2017-yil). 7-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  65. Kiefer, Halle. „Ariana Grande Sings at Very Wicked Halloween and You're Melting, You're Melting“. Vulture (29-oktabr 2018-yil). 15-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  66. Sporn, Natasha „Ariana Grande at the BBC: Why Davina McCall's chat with star is a must watch“. Evening Standard (1-noyabr 2018-yil). [sayt ishlamaydi]
  67. „Ariana Grande at the BBC“. BBC. 3-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2018-yil.
  68. Corinthios, Aurelie. „Ariana Grande Makes Her KUWTK Debut as Kris Jenner Shoots 'Thank U, Next' Cameo: 'So Excited!'“. People (9-may 2019-yil). 11-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  69. „Justin Bieber: Seasons: All the Celebrity Cameos Featured on Show“ (en-US). ScreenRant (28-may 2020-yil). 2020-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  70. Cordero, Rosy. „Find out who Ariana Grande is playing on Showtime's Kidding“. Entertainment Weekly (6-fevral 2020-yil). 10-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2020-yil.
  71. „Episode 3101“. Showtime. 2-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2020-yil.
  72. Smith, Emily „Ariana Grande joins ʻThe Voice’ as a coach, replacing Nick Jonas“ (inglizcha). Page Six (30-mart 2021-yil). 16-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
  73. „Gibby's Head Gets Hitched! - iCarly.com - YouTube“. YouTube. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2020-yil.
  74. „A Random Debate with Victorious! - iCarly.com - YouTube“. YouTube. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2020-yil.
  75. „A Snow White Christmas“. The Pasadena Playhouse (30-dekabr 2012-yil). 14-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2013-yil. (Wayback Machine saytida 27-dekabr 2016-yil sanasida arxivlangan)
  76. 76,0 76,1 Herrera, Monica. „Taylor Swift Announces Second Leg Of 'Fearless' Tour“. Billboard (8-oktabr 2009-yil). 8-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2017-yil.
  77. 77,0 77,1 Allen, Bob. „Hot Tours: U2, Taylor Swift, Ruben Blades“. Billboard (8-oktabr 2009-yil). 13-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2017-yil.
  78. 78,0 78,1 „Top 25 Tours of 2010“. Billboard (8-dekabr 2010-yil). 9-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2017-yil.
  79. „Highest Grossing 2015 Tours“. 2017-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2018-yil. (Wayback Machine saytida 8-mart 2017-yil sanasida arxivlangan)
  80. „Ariana Grande Announces "The Honeymoon" Tour & Dates“ (inglizcha). Complex. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  81. „Digital Spy - Showbiz news, showbiz pictures, showbiz interviews“ (inglizcha). Digital Spy. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  82. „Ariana Grande Reveals U.S. Dates For 'Dangerous Woman' Tour“ (inglizcha). EW.com. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  83. „Ariana Grande announces UK and Yevropa 'Dangerous Woman' tour - Priority Tickets - NME“ (inglizcha). NME (20-oktabr 2016-yil). 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  84. „Ariana Grande Will Tour Australia and New Zealand for the First Time“. Billboard. 5-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  85. „Ariana Grande Announces 'Sweetener' World Tour: See the Dates“. Billboard. 29-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  86. Blistein, Jon. „Ariana Grande Plots 'Sweetener' World Tour“ (inglizcha). Rolling Stone (25-oktabr 2018-yil). 26-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  87. „Ariana Grande proves she's moving on from break-up, announces 'Sweetener' world tour“ (inglizcha). USA Today. 26-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentyabr 2021-yil.
  88. Aswad, Jem „Ariana Grande Adds Multiple Dates to 'Sweetener' Tour“ (inglizcha). Variety (10-dekabr 2018-yil). 10-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2018-yil.
  89. Lauraa, Hertzfeld. „AMAs 2013: See the complete winners list“. Entertainment Weekly (25-noyabr 2013-yil). 14-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2015-yil.
  90. „American Music Awards 2015: Check Out All the Winners Here“. Billboard (22-noyabr 2015-yil). 24-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-noyabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 26-yanvar 2016-yil sanasida arxivlangan)
  91. „Ariana Grande and Zayn Win Top Honors, Selena Gomez's Speech Steals the Show at the 2016 AMAs“. Billboard (21-noyabr 2016-yil). 22-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2016-yil. (Wayback Machine saytida 22-noyabr 2016-yil sanasida arxivlangan)
  92. American Music Awards 2018: See the Complete List of Nominations | E! News, 8–oktabr 2021–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3–oktabr 2021–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  93. „Post Malone, Ariana Grande, Billie Eilish dominate American Music Awards nominations“ (inglizcha). EW.com. 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  94. Good Morning America. „American Music Awards 2020: Full list of nominations“ (inglizcha). Good Morning America. 26-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  95. „Newcomer BAMBI goes to Ariana Grande“. Hubert Burda Media. 15-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil. (Wayback Machine saytida 15-noyabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
  96. London Newsdesk. „5SOS, The Vamps and 1D nominated for BBC Radio 1 Teen Awards“. Pressparty (16-avgust 2016-yil). 3-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2017-yil.
  97. Rees, Katrina „Voting is now open for BBC Radio 1’s Teen Awards“. CelebMix (13-avgust 2017-yil). 3-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2017-yil.
  98. „BBC Radio 1 - BBC Radio 1's Teen Awards - Best International Solo Artist“ (inglizcha). BBC. 15-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  99. „2014 Billboard Music Awards nominations — full list“. KABC-TV. 6-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2015-yil. (Wayback Machine saytida 6-oktabr 2014-yil sanasida arxivlangan)
  100. „Billboard Music Awards 2015: See the Full List of Finalists“. Billboard (7-aprel 2015-yil). 15-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2015-yil. (Wayback Machine saytida 15-dekabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
  101. „Billboard Music Awards 2016: See The Finalists“. Billboard (11-aprel 2016-yil). 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-aprel 2016-yil. (Wayback Machine saytida 11-aprel 2016-yil sanasida arxivlangan)
  102. „Drake, The Chainsmokers Lead Nominees for 2017 Billboard Music Awards“. Billboard (10-aprel 2017-yil). 11-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-aprel 2017-yil. (Wayback Machine saytida 11-aprel 2017-yil sanasida arxivlangan)
  103. „Billboard Music Awards Winners 2019: The Complete List“. Billboard (1-may 2019-yil). 8-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  104. „Post Malone Leads 2020 Billboard Music Awards Nominations With 16: Full List“ (inglizcha). Billboard. 22-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  105. „Brit Awards 2016: See the Full Winners List“. Billboard (24-fevral 2016-yil). 27-fevral 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2016-yil. (Wayback Machine saytida 27-fevral 2016-yil sanasida arxivlangan)
  106. „Brit Awards 2019: Full list of winners“. BBC News (20-fevral 2019-yil). 2020-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil.
  107. „Winners“ (inglizcha). BRIT Awards. 28-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2020-yil. (Wayback Machine saytida 28-iyul 2020-yil sanasida arxivlangan)
  108. „The Japan Gold Disc Award 2015 Winners Announced“. Arama Japan. 10-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2017-yil. (Wayback Machine saytida 10-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)
  109. „The Japan Gold Disc Award 2017“. Recording Industry Association of Japan. 27-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2017-yil. (Wayback Machine saytida 27-fevral 2017-yil sanasida arxivlangan)
  110. „第33回日本ゴールドディスク大賞“ (yaponcha). 日本ゴールドディスク大賞. 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-oktyabr.
  111. McDonnell, Brandy. „Blake Shelton and OneRepublic among Nickelodeon Kids' Choice Awards nominees“. The Oklahoman (20-fevral 2015-yil). 2015-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-fevral 2015-yil.
  112. „2015 Winners Gallery“. 6-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 6-noyabr 2015-yil sanasida arxivlangan)
  113. Olson, Cathy. „2016 Nickelodeon Kids' Choice Award Nominations: See List | Billboard“. Billboard (2016-yil 2-fevral). 2016-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-fevral.
  114. Olson, Cathy. „2016 Ariana Grande wins big at the Kids' Choice Awards 2016!“. Hollywood Life (12-mart 2016-yil). 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2016-yil.
  115. Levy, Dany „Justin Timberlake and Kevin Hart Lead Nickelodeon’s Kids’ Choice Awards Nominations: Complete List“. Variety (2-fevral 2017-yil). 3-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2017-yil. (Wayback Machine saytida 5-fevral 2017-yil sanasida arxivlangan)
  116. „Kids' Choice Awards: 'Avengers: Infinity War' Tops Nominees; DJ Khaled to Host“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (26-fevral 2019-yil). 27-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  117. „Kids' Choice Awards: Chance the Rapper Set as Host; 'Avengers: Endgame' Leads Nominees“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (13-fevral 2020-yil). 16-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  118. „Justin Bieber Is Top Music Nominee at 2021 Nickelodeon Kids' Choice Awards“ (inglizcha). Billboard. 5-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.

Havolalar tahrir