Arseniy Petrovich Yatsenyuk (ukr. Arseniy Petrovich Yasenyuk) — Ukrainalik siyosatchi, 2014-yildan 2016-yilgacha Ukraina Respublikasi Bosh vaziri.[1]

Arseniy Petrovich Yatsenyuk
Арсенiй Петрович Яценюк
Ukraina bayrogʻi Ukraina bosh vaziri
Mansab davri
2014-yil – 2016-yilgacha
Prezident Petro Poroshenko
Oʻtmishdoshi Sergey Arbuzov
Vorisi Volodimir Groysman
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-may 1974-yil (1974-05-22) (49 yosh)
 Sovet Ittifoqi SSSR, Ukraina.SSR, Chernovsi
Kasbi huquqshunos, iqtisodchi
Dini Yunonkatolik

Ukraina hukumatida 2005-2006-yillarda Iqtisodiyot vaziri, 2007-yilda Ukraina Tashqi Ishlari vaziri boʻlib ishlagan. 2007-2008-yillarda Ukraina Oliy Radasi raisi edi. 2009-2012-yillarda „Almashinuvlar Fronti“ siyosiy partiyasi raisi edi. 2012-yilning iyun-dekabr oylarida „Birlashgan Muxolifat“ kengashi raisi, 2012-yilning dekabridan „Butunukrain Batkevshina Birlashuvi“ fraksiyasi raisi, 2013-yilning 14-iyunidan Partiya Siyosiy Kengashi Raisi[2].

Biografiyasi tahrir

Ilk yillari va oʻqish yillari tahrir

1974-yilning 22-may kuni Sobiq Ittifoqning Ukraina SSRining Chernovsi shahrida tugʻilgan. Otasi Rossiya, Olmoniya va Lotin Amerikasi tarixi oʻqituvchisi Pyotr Ivanovich Yatsenyuk, Onasi Fransuz tili oʻqituvchisi Mariya Grigoryevna Yatsenyuk[3].

Oliy maʼlumoti va biznesi tahrir

  • 1991-yilda Panas Mirniy nomidagi № 9 maxsus ingliz zabon maktabini kumush medal bilan tugatdi. Oʻsha yili Chernovis Milliy Universitetining huquqshunoslik fakultetiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni Chernovsi Milliy savdo va iqtisod universitetida davom ettirdi.
  • 1992-yilning dekabrida 18 yoshli Yatsenyuk oʻsha paytdagi Chernovis viloyati gubernatorining oʻgʻli Valenti Gnatishin bilan „YurEk Ltd“ huquqshunoslik shirkatini ochdi. Shu yoʻl bilan u oʻqish bilan birga biznes bilan ham shugʻullana boshladi.
  • 1996-yili Institutni huquqshunos boʻlib tugatdi. Shundan soʻng bir yildan ortiq vaqt mobaynida oʻz huquqshunoslik shirkatini boshqardi.
  • 1998-yilning yanvar oyida Yatsenyuk Kiyevga koʻchib oʻtib, u yerda „Rayffayzen Bank Aval“ pochta va pension kreditlar beruvchi aksionerlik departamentida maslahatchi boʻlib ishlay boshladi. Oʻsha yili „Aval“ banki bosh raisining maslahatchisi boʻldi.
  • 2001-yilda Yatsenyuk Chernovsi savdo va iqtisod institutidagi Kiyev Milliy savdo va iqtisod institutining filialini tugatdi va ikkinchi oliy maʼlumotini oldi.

Siyosiy karyerasi tahrir

 
Arseniy Yatsenyuk va Kondoliza Rays
  • 2001-yilning 19-sentyabrida Yatsenyukning siyosiy karyerasi boshlandi. Oʻsh kuni Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi Yatsenyukni Iqtisod Vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. Oʻsha yilning 21-noyabrida esa Qrim Parlamenti tomonidan Iqtisod Vaziri etib tayinlandi.
  • 2003-yilning yanvarida Yatsenyuk „Ukraina Milliy Banki“ boshligʻi Sergey Tigipkoning birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[4]. * 2004-yilda esa Yatsenyuk „Ukrainada Bank nazorati va uni yoʻlga qoʻyish sistemasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va iqtisod fanlari nomzodi degan unvonga sazovor boʻldi. Oʻsha yili Yatsenyuk Milliy Bankning vaqtinchalik boshligʻi vazifasini bajardi[5]. * 2005-yilda esa Milliy Bankdan isteʼfoga chiqdi[6].
  • 2005-yilning 9-mart kuni Odessa viloyati davlat maʼmuriyati raisi Vasiliy Tsushkoning oʻrinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimida Yatsenyuk oʻsha yilning 27-sentyabriga qadar ishladi[7].
  • 2005-yilning 27-sentyabr kuni Yuriy Yexanurov hukumatida Iqtisod Vaziri etib tayinlandi. Ushbu lavozimda Yatsenyuk Ukrainaning Jahon savdo tashkilotiga kirishi haqida muzokaralar olib bordi. Shuningdek u „Ukraina — Yevropa Ittifoqi“ komieti boshligʻi boʻlib faoliyat yuritdi.
  • 2006-yilning sentyabrida Ukraina Prezidenti Viktor Yushenko uni Prezident Devoni boshligʻi oʻrinbosari etib tayinladi.
  • 2007-yilning 21-mart kuni Ukraina Oliy Radasi 426 ta ovoz toʻplagan Yatsenyukni Ukraina Tashqi Ishlari Vaziri etib tayinladi.

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir