Artel savdo belgisi – Oʻzbekistondagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[1].

Artel savdo belgisi
Xizmatlari Maishiy texnika, Elektronika
Qachon asos solingan 2011
Joylashuvi Toshkent, Taraqqiyot 2
Vebsayti artelgroup.org

Shirkat Toshkent shahrida joylashgan Artel Electronics MChJ bosh kompaniyasi qoshidagi 13 ta kompaniyadan iborat oʻzbek maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi[2].

Kompaniya maishiy texnika, butlovchi qismlar, maishiy elektronika ishlab chiqarish va sotishdan keyingi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Oʻzining Artel brendi ostida mahsulotlarni taklif etadi. Shivaki, Avalon, Vesta va Royal kompaniyalari hamkori, shuningdek Samsung va Viessmann kompaniyalarining Oʻzbekistondagi rasmiy mintaqaviy hamkori hisoblanadi[3].

Artel Electronics Group kompaniyasining yillik daromadi 450 million AQSH dollaridan oshadi. Shirkat 10 000 dan ortiq xodimni ish bilan taʼminlagan. Oʻzbekistonning olti viloyatida 20 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlariga ega va oʻz mahsulotlarini 20 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi. Artel, shuningdek, OEM ishlab chiqaruvchisi boʻlib, shirkatga aloqador boʻlmagan tegishli brendlar ostida boshqa kompaniyalar uchun maishiy texnika ishlab chiqaradi.

Nomi tahrir

Artel soʻzi inglizcha Art (sanʼat) va electronics (elektronika) soʻzlarining bosh harflari birikmasidan hosil boʻlib, elektronikadagi sanʼat maʼnosini anglatadi[4].

Tashkil topishi tahrir

2011-yilda Oʻzeltexsanoat kompaniyasi hamda Italiyaning „Gloria“, Janubiy Koreyaning „Samsung“, Xitoyning „Midea“, Turkiyaning „Odul“ shirkatlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan[5][6].

Korxonalari tahrir

Toshkent shahrida joylashgan „Eko elektron“ va „Martensit Investment“ korxonalari gaz plitalari ishlab chiqaradi[7][8]. „Dream Production“ qoʻshma korxonasi Artel va Samsung konditsionerlarini ishlab chiqaradi. „Sky Wind System“ suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqaradi. Shuningdek, „White Machine Techonology“ Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya korxonasi va „Sky Wind Systems“ qoʻshma korxonasida changyutgichlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Techno Future“ kompaniyasi boyler va quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqaradi[9]. 2015-yilning birinchi choragidan 2015-yilning uchinchi choragigacha 92 ming dona muzlatgich, 123 ming dona LED televizor, 170 ming donadan ortiq mobil telefon ishlab chiqarildi. 2015-yilda Zomin shahrida (Jizzax viloyati) shaxsiy kompyuterlar uchun LCD displeyli monitorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Zavodning rejalashtirilgan quvvati yiliga 200 mingta LCD monitorni tashkil etadi[10][11].

Tarixi tahrir

Toshkentda Artel brendi ostida gaz plitalari ishlab chiqaradigan birinchi zavod ochildi. Artel xuddi shu yili changyutgichlar, mikrotoʻlqinli pechlar va boshqa yordamchi qismlarni ishlab chiqarishni boshladi. Keyinchalik, 2011-yil sentyabr oyida Artel Samsung bilan mintaqaviy hamkorlik shartnomasini imzoladi va MDHdaSamsung tomonidan nazorat qilinmaydigan zavodda Samsung mahsulotlarini ishlab chiqaradigan birinchi kompaniya boʻldi. Shu bilan Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida Samsung changyutgichlarini ishlab chiqarish boshlandi. Oʻsha yili Artel Xitoyning eng yirik elektr jihozlari ishlab chiqaruvchisi „Midea Group“ bilan birgalikda konditsionerlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi[12].

2015-yilning oʻzidayoq kompaniya mahsulotlari qatori „Royal“ brendi ostidagi elektr suv isitgichlari, „Samsung“ brendi ostidagi televizorlar bilan toʻldirildi. Toshkent shahrida shisha buyumlar va maishiy texnika uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Oʻsha yili Toshkent shahrida muzlatgich va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarila boshlandi[13].

2017-yilda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyev mazkur korxonaning Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi zavodlaridan biriga tashrif buyurdi[14][15].

2019-yilda kompaniya Ohangaron shahrida televizor ishlab chiqaradigan yangi zavodni ishga tushirgan boʻlsa, 2021-yilda Xorazmda kir yuvish mashinalari va konditsionerlar uchun elektr motorli qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Manbalar tahrir

  1. „Information about foundation of Artel Company“//Informatsiya ob osnovanii kompanii
  2. „Главная“. artelelectronics.com. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  3. „Партнеры“. artelelectronics.com. 2022-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  4. Ro‘zioxunov, Alisher „Narx, monopoliya va rejalar. Artel bosh direktori bilan eksklyuziv suhbat“. Kun.uz (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  5. „O kompanii“
  6. „Statistika kompanii“, 6–aprel 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6–dekabr 2016–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. „«Узэлтехсаноат итоги года»“. 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
  8. „«Информация об совместных предприятиях»“ (deadlink). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
  9. „«Статистика компании»“ (deadlink). 2016-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  10. „«Завод в Заамине»“. 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-mart.
  11. „«Завод по производству мониторов В Заамине»“ (deadlink). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
  12. „How Artel managed to become the leader of the home appliances industry in Central Asia — 11.05.2022“ (en). Kursiv Media Kazakhstan (2022-yil 11-may). 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  13. „The hoovers of Nukus“ (en). www.intellinews.com (2021-yil 6-noyabr). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  14. UzDaily. „Artel presents five models of mobile phones“ (ru). UzDaily.uz. 2022-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  15. „Президент Шавкат Мирзиёев посетил завод "Artel"“ (ru). UzReport.news. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.

Havolalar tahrir