Artezian suvlari – bosim taʼsirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan maʼlum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon payette-kisligi artezian havzalari tizimiga ki-radi, uning tarkibida Sirdaryo va Amu-daryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor. Har bir yirik artezian havzasining turli gori-zontlaridagi suvlar turli xil kimyoviy tarkibga ega: oʻta minerallashgan xlorid tipli shoʻr suvlardan to kam mineral-lashgan gidrokarbonat tipidagi suvlargacha uchraydi. Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi – yuqori gorizontlarda joy-lashgan boʻlib, yay-lovlarni suv bilan taʼminlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va hokazo), ichimlik suvi olish-da, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi (qarang Artezian qudugʻi).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil