Asbest — Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1933-yildan). Asbest (shahar) stansiyasi. Aholisi 84,9 ming kishi (1992). Asbest sanoati markazi (Bajenov asbest koni asosida). Asbest ruda boyitish kombinati, asbest texnikasi buyumlari zavodi, Asbest ilmiy tadqiqot instituti, konchilik texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil