Ascanio

fransuz yozuvchisi Alexandre Dumas qalamiga mansub roman

„Ascanio“ (talaffuzi: Askanio), toʻliq nomi „Ascanio yoki qirolli oltinchi“ (fransuzcha: Ascanio, ou L'Orfèvre du roi) — fransuz yozuvchisi Alexandre Dumas qalamiga mansub roman. Asar italyan haykaltaroshi, rassomi, bastakori va zargari Benvenuto Cellini memuarlari asosida yozilgan. Romanni yozishda muallifga fransuz dramaturgi Paul Meurice koʻmaklashgan. Asar ilk bor 1843-yil Bryussel shahrida chop etilgan.

Ascanio

1860-yilgi nashr titul beti
Asl nomi Ascanio
Muallif(lar) Alexandre Dumas
Tarjimon(lar) K. Mirmuhamedov
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1843
Nashriyot „Choʻlpon“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
ISBN ISBN 5-8250-0196-4

Paul Meurice 1852-yil asar asosida „Benvenuto Cellini“ pyesasini yozgan. Keyinroq Louis Gallet pyesa asosida libretto yozgan. 1887-1888-yillarda bastakor Camille Saint-Saëns mazkur librettoga tayanib „Ascanio“ operasini yozgan.

„Ascanio“ muallifning eng mashhur tarixiy romanlaridan biri hisoblanadi. Asarda Benvenuto Cellini va uning sevimli shogirdi Ascanioning fransuz qiroli Francis I qoʻlida ishlagan paytida boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.

Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbekcha nashr 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. „Ascanio“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.