Asfalt – bogʻlovchi qurilish materiali; bitumga mayda mineral toʻldirgich qoʻshib tayyorlanadi. A.ning tabiiy (nisbatan kam uchraydi) va sun’iy xillari bor. Tabiiy A. neftdan, gi-pergeneza (atmosfera) ta’sirida yengil fraksiyalarning bugʻlanishi va oksidla-nishi natijasida hosil boʻladi. Sun’iy A., asosan, 13–60% neft bitumning ohaktosh kukuni bilan aralashmasidan tayyorlanadi. A. gidroizolyatsiya materi-ali sifatida, pol va yoʻllarga yotqizish, qoplamalar toʻshash uchun qum, shagʻal, chaqiq tosh bilan aralashtirib ishlatiladi.

Asfalt zavodi

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil