Asfalt-beton – chaqiq tosh, qum, mineral kukunlar va bitum aralash-ma sidan iborat qurilish materiali. Aralashtirishdan oldin ular 100–160° temperaturagacha qizdiriladi. 120° dan past boʻlmagan temperaturada yotqiziladigan va zichla-nadigan bitumli qaynoq A.-b., 40–80° temperaturada zichlanadigan va kam qovushoq issiq A.-b., havo temperaturasida (10° dan yuqori temperaturada) zichlanadigan suyuq bitumli sovuq A.-b.; yirik, oʻrta, mayda donachali va qumli A.-b.ga boʻlinadi. Avtomobil yoʻllariga, sanoat binolari pollariga, tomlarga toʻshash va boshqa uchun ishlatiladi.

Asfalt qilish uchun asfalt zavodi Picture.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil