Ashyoviy dalil – jinoyat yoki fuqarolik ishini toʻgʻri yuritish uchun ahamiyatli boʻlgan narsalar. Amaliyotda "tilsiz guvohlar" deb yuritiladi. Ke-lib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganli-gini yoki turgan joyi oʻzgarganligini, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin boʻlgan moddiy belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega boʻlgan narsa Ashyoviy dalil hisoblanadi (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 203-modda); ular ishni mazmunan hal qilish uchun aniqlash vositasi boʻlishi mumkin. Ashyoviy dalil oʻz xususiyatlariga koʻra quyidagicha tav-siflanadi: 1) jinoyat ob’ekti boʻlgan Ashyoviy dalil, 2) jinoyat quroli boʻlgan Ashyoviy dalil, 3) 830jinoyat izlarini oʻzida saqlab qolgan Ashyoviy dalil ; 4) jinoyat orqasida topilgan boylik. Ashyoviy dalil lar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namu-nalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv oʻtkazish jarayonida olinishi.mumkin. Narsani Ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi –qaror, sud esa – ajrim chiqaradi, ularda Ashyoviy dalil ni ishda qoldirish yoki uni saqpash uchun topshirish masalasi hal qilinishi lo-zim. Ashyoviy dalil larni saqlash yoki boshqa joyga yuborish uchun alohida tartib belgilan-gan. Ashyoviy dalil, ular haqidagi masala sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi bilan yoxud surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarori bilan hal qilinmaguncha saqlab turiladi. Hukmda, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki qarorda Ashyoviy dalil lar masalasini hal etish qoidalari, Ashyoviy dalil larni shikastlaganlik yoki yoʻqotganlik uchun javobgarlik (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 204–212-moddalar), Ashyoviy dalil larni talab qilib olish va taqdim etish tar-tibi va majburiyati, ularni saqlash va qaytarib berish tartibi qonun bilan bel-gilab qoʻyilgan (Oʻzbekiston Respublikasi FPK, 80-83-moddalar).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil