Asl metallar — Oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar (ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy). Kimyoviy jihatdan turgʻun, qiyin eruvchan (oltin, kumushdan tashqari), zanglamaydi, ulardan yasalgan buyumlar koʻrkamligi bilan ajralib turadi. Oltin, kumush va platinaning plastikligi yuqori. Kimyogarlar platinani o`rganib, platinali metallar guruhini aniqlashdi. Ular orasida Yerdagi eng og`ir metall - Osmiy ham bor. U qo`rg`oshindan ikki marta, temirdan esa deyarli uch marta og`ir. Platinadan maxsus kimyoviy idish - platina tigeli tayyorlanadi. Bu metallarning shu xususiyatlari texnikada va hayotda keng ishlatiladigan qotishmalarida ham namoyon boʻladi[1].

ASL METALLAR PROBASI
Metall nomi Solish-girma ogʻirligi g/sm1 Erish temperaturasi, °S Qattiqligi, N boʻyicha kg/mm2
Ruteniy (Ru) 12,2 2450 200
Palladiy (Pd) 1262 1550 30
Kumush (Ag) 10,6 960,0 20
Osmiy (Os) 22,5 2700 350
Iridiy (Ir) 22,4 2443 160
Platina (Pt) 21,6 1769 30
Oltin (Au) 19,6 1063 18

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir