Aspirantura (lotincha: aspirans (aspirantis)) – uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodlari) tayyorlash shak-li. Oʻzbekistonda Aspirantura 1930-yillarda tashkil etilgan. Aspirantura Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat komiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Hay’ati, vazirlik va idoralar hay’atining qarori bilan ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa ilmiy muassasa hamda tashkilotlarda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha ochi-ladi. Aspirantura ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda tashkil qilinadi. Aspiranturada ilmiy tadqiqot ishlari olib borish muddati ishlab chiqarishdan ajralgan holda 3 yil, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 4 yildan oshmasligi kerak. Aspiranturadan ajralgan holdagi Aspiranturaga 30 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralmagan holdagi Aspiranturaga esa 40 yoshgacha boʻlgan ilmiy hamda ilmiy-pedagogik ishga layoqatli muta-xassis va magistrlar qabul qilinadi. Aspiranturaga kiruvchilar urnatilgan tartibda kirish imtihonlarini topshiradilar. Aspiranturadan ajralgan holdagi Aspiranturaga qabul qilinganlarga stipendiya toʻlanadi. Aspirantlar oʻz ilmiy faoliyatlarini ilmiy tadqiqot instituti yoki oliy oʻquv yurti il-miy kengashi tomonidan tasdiklangan ilmiy mavzu asosida tuzilgan shaxsiy ish rejasiga muvofiq tashkil etadilar. Aspirantlarga ularning ilmiy faoliyatlariga rahbarlik qilish uchun fan doktori va professorlardan ilmiy rahbarlar tayin-lanadi. Ba’zi hollarda, istisno tarzida, shu sohada ma’lum ilmiy muvaffaqiyatga erishgan hamda doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega fan nomzodlari ham ilmiy rahbarlikka tayinlanishlari mumkin. Aspirantlar dissertatsiya mavzulari boʻyicha ilmiy izlanishlarini ilmiy tadqiqot institutlari va oliy oʻquv yurtlarining laboratoriya, kafedra va boshqalar ilmiy boʻlimlarida olib boradilar. Zaruriyat tugʻilgan hollarda ular shar-tnoma asosida rivojlangan mamlakatlar ilmiy markaz va oliy oʻquv yurtlariga yuborilishi mumkin. Aspirantlar nom-zodlik dis-sertatsiyalarini ixtisos-lashtirilgan ilmiy kengashlarga himoya uchun taqdim etihdan odsin OAK tomonidan belgilangan nomzodlik imtihon (minimum)larini topshirishlari zarur. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyor-lash shakllaridan biri – idora ichida va idoralararo maqsadli Aspirantura ham mavjud. Maqsadli Aspiranturaga tuzilgan shartnoma asosida muassasa va tashkilotlar tomonidan yuboriladigan oliy ma’lumotli muta-xassislar va magistrlar tanlov asosida qabul qilinadi. Aspirantura asosan akademik va malakaviy imtihonlarni topshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, ya’ni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakun-lanadi. Dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganlarga OAK qarori bilan te-gishli fan sohasi boʻyicha "fan nomzodi" ilmiy darajasi berilib, davlat tomo-nidan tasdiqlangan namunadagi diplom topshiriladi. M. Toshpoʻlatov.

Yana qarang tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil