Astrooriyentatsiya (astro… va frans. orientation– Sharqqa tomon yoʻnalish) – uchuvchi apparatni „qoʻzgʻolmas“ yulduzga nisbatan astrodatchik yordamida yoʻnaltirish usuli. Kosmik rasadxonalar, avtomatik sayyoralararo styalarda astrofizik tekshirishlarni bajarishda qoʻllaniladi. Masalan, Xabbl kosmik teleskopini tekshirish obyekta (yulduz yoki galaktika)ga yoʻnaltirish xatosi bir burchak sekunddan oshmasligi shart. Teleskop kichik reaktiv harakatlantirgichlar yordamida aniq yoʻnaltiriladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir