Ataksiya (yun. ataxia – harakat tartibsizligi) – harakat koordinatsiyasining buzilishi. Harakat vaqtida muvozanatning oʻzgarishi, tartibsizlanishi. Bemor xuddi mayet odamga oʻxshab gandiraklab zoʻrgʻa yuradi. A.da faqat oyoq emas, qoʻllar harakati ham tartibsiz, bir-biriga moslashmay qoladi. Kasallik asosan miyacha, orqa miyadan miyachaga oʻtadigan yoʻllar, vestibulyar nerv tolasi va yadrosi yoki orqa miya orqa qismining, bosh miya peshona qismining zararlanishida kuzatiladi. Bemor yurib ketayotganida tez burila olmaydi, qadam tashlaga-nida oyoqlari oldin ketib, tanasi orqada qoladi va yiqilib tushishi mumkin. U A.ga sabab boʻlgan omillarni bartaraf etish yoʻli bilan davolanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil