Ateroskleroz (yun. athera – boʻtqa va skleroz) – yogʻsimon modda (li-poid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida toʻplanishi va biriktiruvchi toʻqimaning oʻsib ketishi na-tijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik. A. qon aylanishining umumiy va mahalliy buzilishi bilan birga kechadi. Arteriya devori toʻqimasi xujayralaridagi oʻzgarishlar, ularda kechadigan bio-kimyoviy jarayonlardagi buzilishlar A. paydo boʻlishi va rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Arteriyalar devorining ayrim sohalarida fibroz toʻqima rivoj-lanishi, shu sohalarda xolesterin va boshqa moddalar yigʻilishi A. paydo boʻlishiga olib keladi. Bu arterial qon bosimining kutarilishi yoki arterial giperten-ziyaga (qarang Qon bosimi) bevosita bogʻliq. A. avj olishiga sabab boʻladigan kasalliklardan biri qandli diabetdir. Bun-day bemorlar vrachning doimiy kuzatuvi ostida boʻlishlari lozim. A.ga moyillik keyingi avlod vakillarining ma’lum bir qismi orasida irsiy yoʻl bilan utadi; ota-onasi A. bilan ogʻrigan shaxslar irsiy moyillikka yoʻl qoʻymaslik uchun uning ol-dini olish choralarini koʻrishlari za-rur. A.da barcha arteriyalarning umumiy zararlanishi kam uchraydi. Asosan, bosh miya, yurak, buyrak va oyoq tomirlari za-rarlanadi. Bosh miya tomirlarida atero-sklerotik oʻzgarishlar avjiga chiqqanda qon aylanishining oʻtkir buzilishi – insult roʻy berishi mumkin.Yurak muskulini qon bilan ta’minlay-digan tomirlar A.i toj tomirlar yetish-movchiligining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Bunday yetishmovchilik oqibatida stenokardiya, miokard infarqti va yurakning boshqa kasalliklari rivojlanishi mumkin. Oyoq arteriyalari sklerozida oyoqlar boʻshashadi, boldir muskullari ogʻriydi va tortishadi, yurishda oʻzgarish kuzatiladi. A.ning oldini olish uchun arteriyalar devorining butunligini saqlash va ularda xolesterin yigʻilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bemorning hayot tarziga doir vrach maslahatlari va tavsiyalarini bajarish kerak.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil