Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi

Atom Energiyasi boʻyicha Yevropa hamkorligi (Yevratom) — Atom energiyasi sohasida birgalikda tadqiqot oʻtkazish va undan birgalikda foydalanish, atom energiyasi va atom sanoati zaxiralarini birlashtirish maqsadida tuzilgan tashkilotincha. Unga dastlab Gʻarbiy Yevropadagi 6 mamlakat (Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg) kirgan. Yevratom 1957-yil 25-martda Rimda imzolangan shartnoma asosida vujudga kelgan. Rivojlangan Yevropa davlatlari tashkiloti boʻlgan bu mustaqil birlashmaga 28 davlat kiradi. Yevropa davlatlaridan tashqari unga Yaponiya, Meksika, Kanada va AQSh aʼzo. Yillik budjeti 80 mln. frank yoki 16 mln. AQSH dollariga teng (1997)[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil