Attika — qadimgi Oʻrta Yunonistonning janubi-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga koʻra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir boʻlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga choʻzilgan. Miloddan avvalgi VI asrga kelib Afina Attikada mutlaq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hozirgi Gretsiyada Attika shu nomdagi maʼmuriy-hududiy birlik — nom (markazi — Afina).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil